ⓘ Angren suratlar galereyasi, V. I. Ufimsev nomida – rassom V. Ufimsev tashabbusi va uning shaharga sovga qilgan 50 asari asosida tashkil qilingan muassasa. 1964 ..

                                     

ⓘ Angren suratlar galereyasi

Angren suratlar galereyasi, V. I. Ufimsev nomida – rassom V. Ufimsev tashabbusi va uning shaharga sovga qilgan 50 asari asosida tashkil qilingan muassasa. 1964 yil 31 oktabrda ochilgan. V. Ufimsev asarlari uchun maxsus xonalar ajratilgan; keyingi yillarda toplangan 70 dan ortiq rassomning 1000 dan ziyod asari uchun yangi xonalar ajratilib kengaytirilgan. Angren kulolchilik zavodining badiiy buyumlari, turli mahsulotlari ham alohida xonaga qoyilgan. Rassom vafoti dan keyin uning rafiqasi G. V. Ufimseva galereyaga ijodkorning barcha mu-jassamot, qoralama, chizgilari, rassomning shaxsiy buyumlari, hujjat, maktub, fotosuratlarini ham topshirgan. 1986 yildan galereya qoshida tasviriy san’at studiyasi ish-laydi. Unda havaskor rassom – ishchi-yoshlar rassomlik, haykaltaroshlik sirlarini organadilar.