ⓘ Anilin umumiy formulasi C 6 H 5 NH 2 bolgan aromatik aminlarning eng oddiysidir. Molyar massasi 93.2. Anilin rangsiz bolib, suvda oz eriydi, oziga xos yomon hid ..

                                     

ⓘ Anilin

Anilin umumiy formulasi C 6 H 5 NH 2 bolgan aromatik aminlarning eng oddiysidir. Molyar massasi 93.2. Anilin rangsiz bolib, suvda oz eriydi, oziga xos yomon hidli suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi - 6.15°, qaynash temperaturasi 184.4°, 20° da zichligi 1027 kg/m 3.

Anilin etil spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi. Nilin bugi juda zaharli. Anilinni birinchi marta 1826-yilda O. Unferdorben indigoni ohak bilan birga havosiz qizdirish yoli bilan olgan va "kristallin" deb atagan. 1841-yilda Y. F. Fritsshe indigoga oyuvchi ishqor tasir ettirib olgan moddani nilin deb nomlagan. 1842-yilda esa N. N. Zinin nitrobenzolni NH 4 2 SO 3 tasirida qaytarish reaksiyasi orqali nilinni sintez qildi va uni "benzidom" deb nomladi. Bu usul sanoatda keng miqyosda tatbiq etildi. 1843-yilda yuqorida korsatib otilgan usullar yordamida olingan barcha moddalarning bir xil birikma ekanligini isbotladi va shu bilan anilin boyoqlar sanoatiga asos solindi. Anilin kuchsiz asos xossali bolib, unga tegishli re-aksiyalar orasida diazotlash reaksiyasi, yani nitrit kislota bilan boladigan reaksiya katta ahamiyatga ega, chunki bunda olinady-gan diazobirikmalar kopchilik organik boyoqlarni sintez qilishda ishlatiladi. Anilin oksidlansa qora nilin va emeraldin degan boyoqlar hosil boladi. Anilin farmatsevtika moddalari, plastmassalar olishda ham ishlatiladi.