ⓘ Aniqlik sinflari – 1 mashi-nasozlikda – detallarni aniq tayyorlash mezonlari. Davlat standartlari da korsatilgan yol qoyiladigan xatolik lar qiymati bilan belgi ..

                                     

ⓘ Aniqlik sinflari

Aniqlik sinflari – 1) mashi-nasozlikda – detallarni aniq tayyorlash mezonlari. Davlat standartlari da korsatilgan yol qoyiladigan xatolik lar qiymati bilan belgilanadi. Aniqlik sinflari buyumlarning alohida parametrlari da, yaxlit buyum da belgilangan bolishi mumkin. Standart tizimlarida barcha Aniqlik sinflari dagi dopusklar nominal olchamga bogliq bolgan dopusk birligi asosida aniqlanadi. Har qaysi dopusklar tizi-mida bir necha Aniqlik sinflari mavjud boladi. Ular tartib raqamlari bilan belgilanadi. Dopu-sklarning oshishi bilan Aniqlik sinflari raqamlari ham oshadi. "Valteshik" tizimi uchun 19 kva-litet belgilangan. Bu aytilgan Aniqlik sinflari sobiq Ittifoqda amal qilgan, hozir Rossiyada ham amal qilmoqda. Ozbekistonda yangi standartlar qabul qilinishi munosabati bilan Aniqlik sinflari toifalari ham ozgartirilmoqda; 2) olchov vositalarining umumlashtiril-gan tafsiloti; ular uchun aniqlikka ta’sir qiladigan va davlat standartlarida belgilangan asosiy va qoshimcha xatoli-klar hamda boshqa parametrlari chegarasi korsatkichi vazifasini otaydi.