ⓘ Ankilostomidlar – strongilidlar turkumiga mansub togarak chuvalchanglar oilasi. Uz. 21 mm gacha. Orqa tomoniga siljigan keng ogiz boshligida joylashgan kutikula ..

                                     

ⓘ Ankilostomidlar

Ankilostomidlar – strongilidlar turkumiga mansub togarak chuvalchanglar oilasi. Uz. 21 mm gacha. Orqa tomoniga siljigan keng ogiz boshligida joylashgan kutikula tishlari yordamida xojayinining ichagi devoriga yopishib oladi. Sut emizuvchi hayvonlar va odamda parazitlik qiladi. 70 ga yaqin turi ma’lum, koproq tropik va subtropik mintaqalarda uch-raydi. Odamlarda on ikki barmoq ichak anki-lostomasi va amerika nekatori, yirtqich sut emizuvchilarda it ankilo-stomasi parazitlik qiladi. A. tuxumlari axlat bilan nam joyga yoki suvga tushganida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi odam va hayvon tanasiga teri orqali otadi yoki suv va oziq orqali ichakka tushadi. A. tropik va subtropik iqlimli janubiy hududlarda tarqalgan. Odamlarda otkir kamqonlik paydo qiladi, ba’zan olimga olib keladi.