ⓘ Anomaliya – me’yor dan chetga chiqish ; umumiy 533qonuniyatga zid holat: 1 biologiya va tib-biyotda – biror a’zo yoki butun organizm tuzilishi va funksiyasining ..

                                     

ⓘ Anomaliya

Anomaliya – me’yor dan chetga chiqish ; umumiy 533qonuniyatga zid holat: 1) biologiya va tib-biyotda – biror a’zo yoki butun organizm tuzilishi va funksiyasining odatdagidan kora boshqacharoq bolishi, normadan chetga chiqishi. Odam va hayvonlardagi A.lar tugma va tugilgandan keyin paydo bolishi mumkin. Tugma nuqsonlardan majruhlik koproq uch-raydi. Orttirilgan A. turli kasalliklar oqibatida vujudga keladi; 2) pedagogika va psixologiyada – shaxsning jismoniy va aqliy rivojlanishda normadan chetga chiqishi. Bolalar A. sini maxsus ped. organadi. Bosh miyada biror nuqsonni toldirib yuborish xu-susiyati kuchli bolganligi uchun bolalarda A. hodisasiga qarshi keng pedagogik ishlar olib borish mumkin; 3) magnit A.lar – Yer sirtidagi magnit maydon qiymatining me’yordagidan ogishi, ya’ni qiymati magnit A. tarqalish hududidan ancha katta bolgan hududda geomagnit maydonni ifodalaydi. Qamrab olingan hudud kattaligi boyicha mintaqaviy, hududiy va cheklangan magnit A.lariga bolinadi; 4) ogirlik kuchi Axi – amaldagi ogirlik bilan yer sharining tuzili-shiga qarab hisoblab chiqilgan ogirlik kuchi ortasidagi farq; bu farq yer sharining umumiy tuzilishiga va kuzatilayot-gan nuqta atrofidagi tog jinslarining zichligiga bogliq. Jinslar zichligi yer sharining ortacha zichligidan farq qilsa, ogirlik kuchi A. si roy beradi. Ogirlik kuchi va magnit A.larini organish geologik tadqiqotlarda, xususan, foy-dali qazilmalarni geofizik usullar bilan qidirishda keng qollaniladi.