ⓘ Anorganik birikmalar nomenklaturasi – kimyoviy ele-mentlar va ularning birikmalariga nom berish tizimi. Nomenklatura modda tarkibini yozma ravishda va ogzaki nu ..

                                     

ⓘ Anorganik birikmalar nomenklaturasi

Anorganik birikmalar nomenklaturasi – kimyoviy ele-mentlar va ularning birikmalariga nom berish tizimi. Nomenklatura modda tarkibini yozma ravishda va ogzaki nutqda aniq ifodalashi lozim. Anor-ganik birikmalarning kop va turli-tu-manligi ularni nomlashda ma’lum ti-zimga asoslanadi. Kopchilik kimyoviy elementlarning nomi lotin nomidagi "ium" qoshimchani "iy" qoshimchaga al-mashtirib hosil qilinadi. Mac, litium – litiy, barium – bariy va hokazo Qadim zamonlardan beri ishlatib kelingan elementlarning nomlari shundayligicha saqlanib qoladi: oltingugurt, temir, mis, rux, qalay, qorgoshin, simob, oltin, kumush va boshqa Elementlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari oksidlar va peroksidlar degan umumiy termin bilan ataladi. Oksidlar tuz hosil qiluvchi va tuz xrsil qilmaydigan oksidlarga bolinadi. Tuz hosil qiluvchi oksidlar oz navbatida asosli, nordon va amfo-ter oksidlarga ajratiladi. Ozgaruvchan valentli elementlarning oksidlarini nomlash uchun avval elementning nomi, songra oksid sozi qoshib aytiladi. Mac, FeO – temir -oksid, Ge2O3–temir -oksid va hokazo Elementlarning oltin-gugurt va galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari ham shunday nomlanadi. Mac, CuS– mis -sulfid, GeS13 – temir – xlorid va hokazo Metall va gidroksil guruhdan tashkil topgan bi-rikmalar asoslar deb yuritiladi. NaOH – natriy gidroksidi yoki Si2 – mis gidroksidi bularga misol boladi. Asoslarning asosiy xususiyati, ularning kislotalar bilan tuz hosil kilishidir. Vodorod va kislota qoldigidan tashkil toptan moddalar kislotalar sifatida qaraladi. Vodorod atomi soni kislota qoddigi valentligiga teng boladi. Kis-lotadagi vodorod metallga almashina oladi. Kislotalarning asosiy xususi-yati asoslar bilan tuz hosil qilishidir. Kislorodsiz kislotaning nomi kislo-ta hosil qiluvchi elementning nomiga "id" qoshimachasi qoshish orqali hosil qilinadi. Mac, H2S – sulfid kislota, HF – ftorid kislota, N2Te –tellurid kislota. Kislorodli kislotalar va tuzlar ozbekchada xalqaro nom bilan ataladi. Mac, HNO2 – nitrit kislota, HNO,– nitrat kislota, H2SO4– sulfat kislo-ta; ularning tuzlari tegishlicha nitritlar, nitratlar, sulfatlar deyiladi va hokazo Agar kislota tarkibidagi vodorod atomlarining hammasi metall atomiga almashgan bolsa, normal tuz, aks holda nordon tuz deb ataladi. Agar tuzlar tarkibida gidroksil guruhi bolsa, asos tuzlar deb ataladi. Normal tuzlarni nomlashda metall nomiga kislota nomi koshiladi. Mas, NaF – natriy ftorid, Fe23 – temir – sulfat va boshqa Kop asosli kislotalarning tarkibida-gi metallga almashgan vodorod atomlari soniga karab tuzga nom beriladi. Mas, Na3PO4 – natriy fosfat, Na2HPO4 – natriy gidrofosfat, NaH2PO4 – na-triy digidrofosfat; ba’zan bular uch almashgan, ikki almashgan, bir almashgan deb ham ataladi. Kislotalardagi vodo-rodni metallga yoki asoslardagi gidrok-sil guruhni kislota qoldigiga almash-tirish yoli bilan tuzlar hosil kilinadi. Bular orta, nordon va ishqoriy tuzlarga bolinadi. Ikki metall va bir kislota qoldigidan tashkil topganlari qosh tuzlar deyiladi. Bir metall va ikki kislota qoddigidan tashkil topgani esa aralash tuzlar deb ataladi.