ⓘ Ansambl – 1 me’morlikda – bir kenglik mujas-samotiga ega bir-biriga mos binolar, inshootlar majmui; 2 musiqada – a ma’lum musiqa asarlarining bir necha ijrochil ..

                                     

ⓘ Ansambl

Ansambl – 1) me’morlikda – bir kenglik mujas-samotiga ega bir-biriga mos binolar, inshootlar majmui; 2) musiqada – a) ma’lum musiqa asarlarining bir necha ijrochilar tomonidan birgalikda ijro etilishi; b) sozanda va ashulachilarning kichikroq todasiga moljallangan musiqa asari. Opera, oratoriya va kantatalarda ham A. boladi. Ijrochilar soniga qarab A.lar duet, trio yoki ter-set, kvartet, kvintet, sekstet, septet, oktet, nonet, va hokazolarga bolinadi; 3) teatr san’atida – dramaturg, rejissyor, rassom, kompozitor va aktyorlar ijodining uygunligi. A sahna asari goyasining mukammalroq ochilishiga xizmat qiladi va spektaklda uslub birligini yuzaga keltiradi. A. yaratish uchun har bir ijrochi boshqa ijrochilarning ham vazifalarini hisobga olishi, saxnada umumiy sur’at va ruhiyat muta-nosibligini ornatishga harakat qilishi kerak. A ijoddosh aktyorlarning bir uyushmada uzoq vaqt ishlashi va bir ijo-diy maqsad bilan yashashi tufayli tarkib topadi; 4) amaliy san’atda – tusi bir xil, bichimi bir-biriga monand bolgan kiyim-kechaklar majmui.