ⓘ Ansoriy – mu-tafakkir, faylasuf va shoir. Tasavvufning yirik namoyandasi. Nasabi ansorlarga taqaladi.21 yoshida ilm olish uchun Tus, Bi-stom, Nishopurga borgan. ..

                                     

ⓘ Ansoriy

Ansoriy – mu-tafakkir, faylasuf va shoir. Tasavvufning yirik namoyandasi. Nasabi ansorlarga taqaladi.21 yoshida ilm olish uchun Tus, Bi-stom, Nishopurga borgan. 1033 yilda piri Haraqoniy, 1049 yilda shayx Abu Sayd Abulxayr bilan tanishgan. Dunyoqarashi vujudiyun ga moyil. Hirotda shayxulislom va pir darajasiga kotarilgan. Arab va fors tilida ijod qilgan. Forsiy adabiyot tarixida nasrda saj’ga asos solgan va nasriy asarlarda birinchi bolib she’riy parchalar keltir-gan.She’riy merosi 3 devondan iborat. Fal-safa va tasavvufga oid "Kashf ul-asror", "Ilohiynoma", "Zod ul-orifiyn", "Kanz us-solikin", "Qalandarnoma", "Zamm ul-kalom va axlixi", "Manozil us-soirin" kabi asarlar yozgan. A. Sullamiy ning "Tabaqot ustsufiya" asarini arabchadan for-siyga ogirgan. Adabiyotshunoslik, nazm va nayerga oid "Munojot va maqolot", 539"Ganjnoma", "Anis ul-muridin va shams ul-majolis", "Nasihatnoma", "Tuhfat ul-vuzaro" va boshqa asarlar yaratgan. Asarlarining kopchiligi pand-nasihat tarzida. Ularda kishilarni ilm-ma’rifatga chaqirgan, hukmdorlarni adolatli, xalqqa tayanch bolishga da’vat etgan, insonparvarlik, gozal insoniy fazilatlar, xalqqa xizmat qilishni ulu-glagan. "Munojot va maqolot", "Mano-zil us-soirin" kabi asarlari, ayniqsa, mashhur bolgan. Navoiy A.ni "muqarrabi boriy" deb tilga oladi. Boysungur Mirzo Hirotda A. qabriga muhtasham maqbara bunyod et-gan. Navoiy u yerda xonaqoh qurdirib, atrofini yana obod qilgan.Ad.: Karomatov H., Abdullo Ansoriy ijtimoiy qarashlarining ayrim xususi-yatlari |Adabiy meros", 1981, № 3.