ⓘ Antenna – elektromagnit tolqinlarini fazoga tarqatuvchi yoki qabul qiluvchi qurilma. Har qanday uzatuvchi antennani qabul qiluvchi antenna ornida yoki, aksincha ..

                                     

ⓘ Antenna

Antenna – elektromagnit tolqinlarini fazoga tarqatuvchi yoki qabul qiluvchi qurilma. Har qanday uzatuvchi antennani qabul qiluvchi antenna ornida yoki, aksincha, qabul qiluvchi antennani uzatuvchi antenna ornida ishlatish mumkin, chunki ularning hamma elektr xususiyatlari bir xil. Uzatuvchi antenna uzatgich moslama energiyasini elektromagnit tolqinlari energiyasiga, qabul qiluvchi antenna elektromagnit tolqinlari energiyasini yuqori chastotali tok energiyasiga aylantiradi. Bundan tashqari, uzatuvchi antenna energiyani muayyan tekislik va yonalishda tarqatish xususiyatiga, qabul qiluvchi antenna turli yonalishdan keluvchi tolqinlarni saralash xususiyatiga ega boladi. Qabul qiluvchi antennaning bu xususiyati yonalish boyicha tanlash deyiladi. Antennaning ishlash tarzi ochiqtebranish konturining elektromagnit tolqinlarini tarqatishiga asoslangan.Chastotalar diapazoniga qarab antennalar uzun, orta, qisqa va ultraqisqa tolqin antennalariga bolinadi. Antennalarning tuzilishi va shakli ularning qanday maqsad uchun moljallanganligiga bogliq. Uzun va orta tolqin antennalarining asosi yetarlicha uzun, tik ornatilgan otkazgichdan iborat. Past chastotalar diapazoni uchun moljallangan antennalar simlardan yasalgan murakkab moslama, yuksak va ultrayuksak chastotalar diapazoni uchun moljallangan antennalar linza va karnay shaklidagi moslamadir. Vazifasiga kora, antennalar quyidagi guruhlarga bolinadi: a) radioeshitirish stansiyalari antennasi; b) radioaloqa stansiyasi antennasi; v) televizion antennalar; g) radiolokatsiya va radiotelemexanika antennalari; d) radioastronomiya antennasi. Bu antennalarning tuzilishi bir-biridan farq qilishiga qaramay, barchasida simmetrik yoki simmetrikmas vibrator boladi. Simmetrik vibrator ozaro teng ikkita otkazgich bolib, ularning bir uchiga otkazgich yoki priyomnikdan keladigan fider liniyasi ulanadi. Otkazgichning uzunligi uzatilayotgan radiotolqinlar uzunligining yarmiga teng bolgan vibratorlar antenna texnikasida kop ishlatiladi. Simmetrikmas vibrator faqat bitta otkazgichdan iborat. Shuning uchun fider liniyasining ikkinchi uchi yerga ulanishi kerak. Korsatkichlari: yonalganlik diagrammasi, kuchaytirish koeffitsiyenti, tarqatilgan tolqinlarning qutb tekisligi, f.i.k., ta’sir balandligi va hokazo Tuzilishiga kora, antennalar gorizontal, vertikal, magnitli, qiya, rombsimon, parabolik, dielektrikli va hokazo xillarga bolinadi. Olisdagi stansiyalardan signallarni qabul qilishda va uzatishda gorizontal hamda vertikal antennadan, kichik va kotarib yuriladigan radiopriyomniklarda signallarni qabul qilishda magnitli antennadan foydalaniladi. Magnitli antenna radiotolqinlarning magnitli tashkil etuvchilarini yaxshi sezadi. Bunday antenna magnit material dan yasalgan sterjendan iborat bolib, unga priyomnik tebra-nish konturining induktivlik galtagi ornatilgan. Ult ra qisqa tolqinlarda ancha murakkab yonaltirilgan antennadan foydalaniladi. Ular metall sterjenlarga simmetrik mahkamlanib botiq kozgular korinishida yasaladi. Qisqa tolqin tarqatuvchi va kdbul qiluvchi eng sodda antenna olchami yarim tulkin uzunligiga teng simmetrik vibratordir. Vibrator energiyani asosan gorizontga nisbatan biror burchak ostida otuvchi tekislikda tarqatadi, vibratorning yonalganligi juda kam. Vibratorning yonalganligini orttirish uchun kop qavatli sinfaz va rombsimon Alar yasaladi. Kop qavatli sinfaz antenna gorizontal joylashgan, ikki bolagining olchami yarim tolqin uzunligiga teng vibratorlardir. Ulardan bitgasi tarqatgich, ikkinchisi qaytargich hisoblanadi. Qaytargich vibrator tolqinni bir tomonlama tarqatadi. Rombsimon A simdan yasalgan va keng tolqin diapazonida ishlaydi. Antennalar metr, desimetr, santimetrli tolqinlar antenna siga bolinadi, mas, shleyf antenna va direktorli antennalar. Shleyf antenna uchlari tutashtirilgan, parallel joylashgan, olchami yarim tolqin uzunligiga teng 2 ta vibratordan tuzilgan. Direktorli antenna esa gorizontal tekislikda joylashgan faol va sust vibratorlardir. Olchami yarim tolqin uzunligiga teng vibrator yoki shleyf antenna faol tarkatgich vazifasini ba-jaradi. Udiametri yetarlicha katta, yaxlit yoki naysimon silindrik otkazgichdan yasaladi. Suct vibratorlar ning bolishi antennaning yonalganligini oshiradi. U tor polosalidir. Optik turdagi antennalar – kozgu va linzalar san-timetrli tolqinlar antennalariga kiradi. Kozgu metalldan, linza dielektrikdan yasaladi. Ular qaytargich vazifasini bajaradi va sferik tolqinga ay-lantiradi. Bunday antennalar radiolokatsiya, 546radioastronomiya va radioreley aloqada keng ishlatiladi.Radioreleyli aloqada, kosmik radioaloqada, radioastronomiya va boshqa sohalarda ota yuqori chastotali parabolik antenna keng tarqalgan. U parabola shaklidagi metall kozgu va tarkatgichdan iborat. Tarqatgich sifatida kucheiz yonaltirilgan antenna ishlatiladi.Energiyani biror fazoviy burchak-ka toplab tarqatish xususiyati antennaning yonalganligi deyiladi. U yonalish dia-grammasi da ifodalanadi. Antennaning f.i.k. kopaytmasi antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti deyiladi. Radioeshitti-rish va televideniyeni antennalarsiz tasavvur qilib bolmaydi. Ular imkoni boricha baland quriladi. Ozbekiston, Rossiya, Fransiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda eng baland teleantennalar bor. Mas, Moskvadagi Ostankino teleminorasining balandligi 533.3 m, Toshkentdagi teleminoraning balandligi 375 m.