ⓘ Antibiotiklar – ba’zi mikro-organizmlar, hayvon toqimalari va ayrim yuksak osimliklar hayot faoliyati natijasida hosil boladigan va turli xil mikro-blarning osi ..

                                     

ⓘ Antibiotiklar

Antibiotiklar – ba’zi mikro-organizmlar, hayvon toqimalari va ayrim yuksak osimliklar hayot faoliyati natijasida hosil boladigan va turli xil mikro-blarning osishi hamda rivojlanishini toxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil bolib, boshqa mikro-blarga qarshi ta’sir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oldiradi yoki osishini toxtatadi. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha ta’sir etadi. Mas, bir antibiotik ma’lum bir mikrobga kuchli ta’sir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz ta’sir qiladi yoki butunlay ta’sir qilmaydi; Antibiotiklarning kopchiligi faqat mikroblarni emas, balki odam, hayvon va osimlik organizmini ham yemiradi. Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va osimlikshunoslikda uning faqat zararli mikroblarni oldiradigan, ammo odam, hayvon va osimlik organizmini yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotik preparat ni 1939 yilda Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriyadan oddi. 5471941 yilda ingliz olimi X. Flori bilan Antibiotiklar Fleming mogor zamburugi ning bulon filtratidan penitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajnikova 1942 yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, Z. A. Vaksman 1944 yilda Streptomyces griseus nomli zamburugdan streptomitsin olishga muyassar boldi. Hozirgacha Antibiotiklarning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 – 20 tasi kollanilmoqda. Antibiotiklar turli mikroorganizmlarga bir qadar oziga xos ta’sir korsatadi. Mac, penitsillin grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy mikroorganizmlarga kuchliroq ta’sir etadi. Ta’sir doirasi keng Antibiotiklar, mas, tetratsiklinlar bir qancha bakteriyalarga qarshi ta’sir qiladi. Penitsillinning ta’siri mikrob hujayrasi devorining sintezini tormoz qilishga bogliq ekanligi ma’lum. Boshka bir kagor Antibiotiklar mikrob hujayrasida oqsillar va nuklein kislotalar biosintezining maxsus bosqichlariga aralashadi. Antibiotiklar stafilokokk va streptokokklar paydo qiladigan septik kasalliklar, zotiljam, ich terlama, toshmali terlama, vabo, sil kabi turli yukumli kasalliklarni davolash va oddini olish uchun kuchli vositadir. Ular ayniqsa nafas yollari, me’da, ichak, siydik yoli va jinsiy a’zolar kasalliklarini davolashda yaxshi naf beradi. Ba’zi Antibiotiklar parranda, chochqa va buzoqlar osishini tezlatish, ovqatning ozlashtirilishini orttirish maqsadida ularning asosiy ovqatiga qoshimcha qilib beriladi. Antibiotiklar hujayraga tanlab tormozlovchi ta’sir korsatganidan biokimyoviy jarayonlarning ayrim bosqichlarini, hujayra osishini ta’minlaydigan DNK, RNK, oqsillar va hujayra devori sintezi hamda funksiyasi orasidagi munosabatlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq-ovqat sanoatida ham keng foydalaniladi.Qishloq xojaligida – osimliklarni zamburugli va bakterial kasalliklardan himoya qilish uchun ishlatiladi. Kasallik qozgatuvchilarga ta’sir qilish tarziga qarab Antibiotiklar bevosita ta’sir etuvchi Antibiotiklar; kasallik qozgatuvchilar ajratgan toksinlarni neytrallovchi Antibiotiklar; xojayin osimlikka ta’sir etuvchi Antibiotiklar; osimlik tanasida yuqori faol moddalarga aylanadigan va osimliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradigan Antibiotiklarga bolinadi. Streptomitsin, terramitsin, digidrostreptomisin, grizeofulvin, anizomitsin, omfoterpsin, filitsin va boshqa samarali Antibiotiklarga kiradi. Trixodermin gozaning vertitsillyoz vilti va qishloq xojaligi ekinlarining kasalliklari: himoyalangan tuproqsa bodring, pomidor ildiz chirishi, kartoshka rizoktoniozi, bugdoy gelmintosporiozi, makkajoxori qorakuyasi va boshqa qarshi kurashda ishlatiladi. Trixodermaning Toshkent shtammi asosida trixodermin olish texnologiya si ishlab chiqilgan. Adan dustlar bilan upalash va kochat materiallari ni eritmalarda hollash bilan foydalaniladi. Antibiotiklar osimlik tanasiga oson otadi va tarqaladi, kuchsiz konsentratsiyalarda ta’sir etadi. Antibiotiklar purkab ishlatilganda barglarga sorilishini kuchaytirish maqsadida eritmaga glitserin, sorbiton, dietilenglikol qoshiladi.