ⓘ Antimodda – antizarralardan tashkil topgan materiya tizimi. Antinu-klonlar antiyadroni, antiyadro bilan anti-elektronlar antiatomni, anti-atomlar antimolekulani ..

                                     

ⓘ Antimodda

Antimodda – antizarralardan tashkil topgan materiya tizimi. Antinu-klonlar antiyadroni, antiyadro bilan anti-elektronlar antiatomni, anti-atomlar antimolekulani hosil qiladi va hokazo Shu ravihda antizarralardan hosil bolgan turlicha antijismlar, antiyulduzlar, antigalaktikalar mavjud bolishi ehtimoldan xoli emas. Anti-elektron, antiproton, antineytron va boshqa ayrim antizarralar koplab tajribalarda aniqlandi. Antiproton bilan bir anti-neytrondan tashkil topgan antivodorod yadrosi va ikki antiproton bilan anti-neytrondan tashkil topgan antigeliy yadrosi borligi ham ogkazilgan tajri-balarda ma’lum boldi. Materiya va modda tushunchalari aynan tushunchalar emas. A. kabi modda ham materiya shakllaridan biri. Modda elektron, proton, neytron singari zarralardan tashkil topgan atom va molekulalar toplamidan iborat. Ma-teriyaning modda shaklida yashashi fanga kopdan ma’lum. Materiyaning A shaklida yashashi faqat 20-asr dagina aniqlandi. Yer yuzasi yoki kosmos mikyosida modda bilan Aning ozaro ta’siri, jumladan, ularning annigilyatsiji natijasida rr beri-shi mumkin bolgan katta energiyali turli hodisalarni organish kelajak fizikasining muhim masalalaridandir.Atom va antiatom toqnashishda juft elektron-pozitronlarning, shuningdek, nuklon va antinuklonlarning shiddat-li annigilyatsiya jarayonlari yuz beradi. Barcha mazkur jarayonlar natijasida kat-ta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Hozirchalik fan annigilyatsiya energiya-sidan foydalanishning samaraliligi haqida fikr yuritish imkonini bera oladigan darajada yetarli dalillarga ega emas. Bu energiyaning kop qismi ney-trino oqimiga hamda moddalar bilan suct ozaro ta’sirda boladigan goyat qisqa tolqinli gamma-nurlarga togri keladi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, annigilyatsiyaning barcha energiyasidan toliq foydalanishga yaqin vaqtlarda eri-shish ehtimoddan uzoq. Agar haqiqatan bu goya amalga oshadigan bolsa, inson goyat bitmas-tuganmas energiya manbaiga ega boladi. Zotan, 1 kg modda va A.ning toliq ozaro ta’sirida ajralib chiqadigan energiya 3 milliard tonna toshkomir yon-ganda olinadigan energiyadan 3 milliard marta, shuncha miqdordagi uranning atom reaktorida "yonishi"dan hosil boladigan energiyadan esa ming marta ziyod boladi.Ad.: Shirokov Yu. M., Yudin N. P., Yadernaya fizika, M., 1972; Bekjonov P. B., Modda tuzilishi, T., 1997.