ⓘ Antimonidlar – surma elementining metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Erish temperaturalari nisbatan yuqori bolgan qattiq moddalar. Vodorod antimonid nihoy ..

                                     

ⓘ Antimonidlar

Antimonidlar – surma elementining metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Erish temperaturalari nisbatan yuqori bolgan qattiq moddalar. Vodorod antimonid nihoyatda zaharli gaz. Metall Antimonidlar uz xossalari bilan nitridlarga oxshaydi. Davriy sistemaning birinchi, ikkinchi va qisman uchinchi guruhlaridagi asosiy guruh elementlarning Antimonidlarida surma uch valentli boladi. Qoshimcha guruh metallarining Antimonidlarida surmaning valentligi uchdan ortiq yoki kam bolishi mumkin. Alyuminiy, galliy va indiy metallarining Antimonidlari yarimotkazgich xossasiga ega. Ba’zi metallarning Antimonidlari yumshoq materiallarning qattiqlik va mortligini oshirish maqsadida sanoatda qollaniladi.