ⓘ Antiseptika – jarohatlarni va ularni tozalab davolashda ishlati-ladigan asboblarni kimyoviy moddalar bilan yuqumsizlantirish usuli. 1867 yilda ingliz olimi J. L ..

                                     

ⓘ Antiseptika

Antiseptika – jarohatlarni va ularni tozalab davolashda ishlati-ladigan asboblarni kimyoviy moddalar bilan yuqumsizlantirish usuli. 1867 yilda ingliz olimi J. Lister fransuz bak-teriologi L. Paster tajribalariga asoslanib operatsion xona havosidagi, jarroh qolidagi va jarohatga ishlati-ladigan narsalar dagi bakteriyalarni yoqotish bilan jarohatlarni kopgina asoratlardan saqlab qolish mumkin, degan xulosaga keldi. Buning uchun u 5% li karbol kis-lota eritmasiga hollangan bir necha qavat boglov ishlatdi. Antiseptik kimyoviy preparatlar yuza va chuqur qollaniladi. Yuza A.da jarohat va boshliklar xlora-min, xloratsid, vodorod peroksid, kaliy permanganat va boshqa moddalar eritmasi bilan yuviladi yoki jarohat yuzasiga antisep-tik mazlar surtiladi. Chuqur A.da esa avj olayotgan jarohat atrofidagi teri ostiga anti-septik suyuqliklar, teri osti, muskul orasi yoki venaga antibiotiklar singari antiseptik moddalar yuboriladi. Ikkala holda ham mikroblar yo oldiriladi yoki ularning hayot faoliya-ti uchun noqulay sharoit tugdiriladi. Hozir mexaniq fi-zik, kimyoviy va biologik A. usullari mavjud. A. jarrohlik davo usulining ajralmas tarkibiy qismidir.