ⓘ Antlar – slavyan qabilalari ittifoqining 6 – 7-asr boshida Vizan-tiya va got tarixchilari asarlaridagi qadimgi nomi. Ant sozi birinchi marta 3-asrga oid Kerch h ..

                                     

ⓘ Antlar

Antlar – slavyan qabilalari ittifoqining 6 – 7-asr boshida Vizan-tiya va got tarixchilari asarlaridagi qadimgi nomi. "Ant" sozi birinchi marta 3-asrga oid Kerch hujjatlarida tilga olinadi. A. Dnestr va Dnepr daryolari oraligida yashagan. 4 – 6-asrlarda A.da chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik ancha rivojlangan; hunarmandchilik mahsulotlari, asosan, ichki va tashqi savdo uchun tayyorlangan. Aning qadimgi madaniyati fanda "Chernyaxov-skaya madaniyati" nomi bilan yuritiladi. Ijtimoiy tuzumi – harbiy demokra-tiya. Gotlar, Vizantiya va avarlarga qarshi urush olib borganlar. A. Rim imperiyasi bilan savdo-sotiq qilgan. Arxeologik qazilmalarda Rimda yasalgan kumush tan-galar, shisha, metall va sopol idishlar hamda zeb-ziynatlar uchraydi.