ⓘ Antonimlar – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1 leksik A. ; 2 affik-sal A. ; 3 sintaktik A. Antonimlar – grekcha anti – zid”, qarama-qarshi” onoma yok ..

                                     

ⓘ Antonimlar

Antonimlar – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. ; 2) affik-sal A. ; 3) sintaktik A. Antonimlar – grekcha anti –" zid”," qarama-qarshi” onoma yoki onyma –" nom” degani bolib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan sozlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli sozlar antonim deyiladi.

Antonimik juft hosil bolishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan ozaro qarama qarshi bolishi kerak. Fe’llardagi bolishli-bolishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qollanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun har doim. Kop ma’noli soz ozining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim sozlarga sinonim bolishi mumkin: xafa sozi bir orinda xursand soziga antonim boladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq xasis odam – saxiy odam.

Bundan tashqari unga sinonim bolgan shod, xushvaqt kabi sozlarga antonim bola oladi. Demak, bir soz sinonimik qatorni tashkil etuvchi sozlarning har biri bilan atnonim bola oladi: qattiq – yumshoq, saxiy; tez – sekin, ogir; chiroyli – gozal – xushroy – kohlik; xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimik juftlar kochma ma’no ifodalashi mumkin: tunu kun ravishga kochgan, achchiq-chuchuk otga kochgan.

Antonim badiiy nutqda qollanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi ogrir. Antonimlarni kel – kelma, bor – borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar fe’lning bolishli va bolishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil soz turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik – yomonlik ot, uzun – qisqa sifat, kop – oz ravish, keldi – ketdi fe’l. Nutqimizda lugaviy antonimlardan foydalanish fikrimizni ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma’noli sozlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi.