ⓘ Antraknozlar – osimliklarning poya, barg va mevalarida Gloeosporium, Colletotrichum va Kabatilla uruglariga mansub parazit zamburuglar qozgatadigan kasallik. A. ..

                                     

ⓘ Antraknozlar

Antraknozlar – osimliklarning poya, barg va mevalarida Gloeosporium, Colletotrichum va Kabatilla uruglariga mansub parazit zamburuglar qozgatadigan kasallik. A. kasalligi aso-san donli, mevali, poliz ekinlari, sitrus osimliklari, choy va boshqalarlarda uch-raydi. Osimlikning barg, meva, novda, ildiz qismlarini zarar-laydi. Barg va tugunchalar tokilib keta-di, meva sifati keskin pasayadi. A. bilan kasallangan bargda qoramtir hoshiyali togarak qongir doglar paydo boladi, novda va mevada paydo bolgan dog usti botiq, pushtisimon gubor bilan qoplanadi, keyinchalik yoriladi, yara hosil qiladi. Kasallik qozgatuvchisi yozda konidiya holida rivojlanadi, sporalari zarar-langan uruglik, osimlik qoldiqlari orqali yuqadi, suv yoki hasharotlar, kamdan-kam shamol orqali tarqaladi. Yoz namgarchilik kelgan yillarda A. avj oladi. Bu zamburug sporalari nam havoda va harorat 20 – 24° bolganda yaxshi rivoj-lanadi, harorat 28 – 30° ga yetganda ri-vojlanishi susayadi. A. kasalligi poliz ekinlaridan qovun va tarvuz uchun juda xavfli. A. bilan kasallangan poliz ekinlarining yosh nihollari, barglari, poya va mevalari zararlanadi, don-dukkakli ekinlarning ildiz bogzi, urugpallasi va yer ustki qismlari zararlanadi. Toklarda uchraydigan A. ham xalq xojaligiga katta zarar yetkazadi. Tok barglari, meva va poyalari zararlanadi. Barglarda yi-rik jigarrang, mevasida qongir doglar paydo boladi. Toklardagi A. kasalligi koproq Orta Osiyo va Zakavkaze respu-blikalarida tarqalgan. Goza antrakno-zi Yevropa, Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniyada uchraydi. Ozbekistonda uchramaydi va ka-rantin ob’ekti hisoblanadi.Kurash choralari: kasallikka chi-damli navlarni ekish, daraxt va buta osimliklarning zararlangan shoxlarini kesish va yoqish; soglom va dorilangan uruglikni ekish; osimliklarga kasallik avjiga qarab bordo suyukligi yoki ruxsat etilgan fungitsidlarni sepish.