ⓘ Antroponimika – onomastikaning bolimi. Odamlar ismini, ularning tarqalganligi, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qollanishini va bundan tashqari antroponimik tiz ..

                                     

ⓘ Antroponimika

Antroponimika – onomastikaning bolimi. Odamlar ismini, ularning tarqalganligi, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qollanishini va bundan tashqari antroponimik tizimlar tuzilishi hamda rivojlanishini organadi. Atoqli ot turlari, taxallus, laqab, nisba va shax-sni atashlikning turli usullari ham A. tadqiqot manbaidir. Mas, Sohibqiron Amir Temur Taragay Bahodir Koragoniy. Bunda faqat Temur shaxsning xos ismi, Amir – hukmdorlik darajasini an-glatadi, Sohibqiron – Temurga zamon-doshlari tomonidan berilgan sifat, Taragay – otasining ismi, Bahodir – otasining laqabi, Koragon – xonga kuyovlik nisbasi.Dunyodagi turli xalqlarda turlicha antroponimik tizim mavjud bolgan. Mac, Qad. Rimda har bir erkak xos ismi oldidan keladigan nomga – avloddan av-lodga otadigan urug nomiga ega bolgan, bu urugning shajarasini tavsiflagan. Hozirgi Ispaniya va Portugaliyada bir kishi bir necha xos ismga, otasi va onasining familiyasiga ega bolishi mumkin. Islan-diyada har bir kishi, bir necha xos ismga 566 va fa-miliya ornida otasining ismidan hosil bolgan nomga ega boladi. Xitoy, Koreya, Vetnamda kishi nomi bir boginli fa-miliyadan va xos ismga ega boladi, xos ismlar miqdori cheklanmaydi. A. tizimida kipokoristi-ka, Dilobar, Homid, Ahmad va hokazo) aloxida orin tutadi. A. ma’lumotlari tilshunoslikning boshqa sohalari uchun, jamiyatshunoslik-da, xalqlar tarixini organishda muhim ahamiyatga ega. Ernst Begmatov.