ⓘ Anana. An’ana – otmishdan kelajak-ka meros qoladigan, avloddan avlodga otadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon boladigan moddiy va ma’naviy qadriy ..

                                     

ⓘ Anana

An’ana – otmishdan kelajak-ka meros qoladigan, avloddan avlodga otadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon boladigan moddiy va ma’naviy qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa A.lar bor. A.lar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli A.larning shakllani-shiga ta’sir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me’yorlari, urf-odat, marosim va boshqa A. sifatida namoyon boladi. A.larni: a) ijtimoiy-tarixiy hodisa; b) jamiyat hayotidagi jarayonlarning tarkibiy qismi; v) kishilar hayoti va faoliyatini belgilash mezoni; g) jamiyat va odamlarni boshqarishning ma’naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin. A.lar yoshlarni tar-biyalash, ularni keksa avlod tajribalariga orgatish vositasi hamdir. Har bir davrning oz A.lari bolib, vaqt otishi bilan ozgarib, mazmunan boyib boradi, ba’zilari yoqoladi, yangilari vujudga keladi. Shuningdek, bir zamonning A.lari ikkinchi zamonga mos kelmasligi mumkin. Davr talabiga javob bermaydi-gan A.lar unutiladi. Har bir xalqning A.larida osha xalqning turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi, milliy ong va qiyofasi ham aks etadi. Bir hudud aholisi yoki xalqiga xos A.larga har xil mafkuraviy, partiyaviy nuqtai na-zardan yondoshish, boshqa hudud yoki xalq nuqtai nazaridan baholash notogri. Ozbekiston mustaqillikka erishgandan 570song sobiq shorolar tuzumida joriy etilgan A.viy bayram va tantanali kunlarning koplari oz ahamiyatini yoqotdi. Ozbek xalqining qadimdan tarkib top-gan, hozir ham keng amal qilinadigan A.lari bor. Bular jumlasiga keksalarga hurmat, qarindosh-urug, mahalla-koy bilan oqibatli, yaqin aloqada bolish, el-yurtga sadoqat, hashar, mehmondostlik, nonni e’zozlash va boshqa kiradi. Ozbekistonda Navroz, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Roza hayiti, Qurbon hayiti va boshqa xalq bayramlari yaxshi A.lar sifatida hayotga singib ketdi.