ⓘ Aparteid, apartxeyd – irqiy kamsitishning eng ashaddiy korinishi. Muayyan aholi guruhlarining ular irqiy mansubligiga qarab, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va fuq ..

                                     

ⓘ Aparteid

Aparteid, apartxeyd – irqiy kamsitishning eng ashaddiy korinishi. Muayyan aholi guruhlarining ular irqiy mansubligiga qarab, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum etishni, hududiy jihatdan yakkalatib qoyishgacha borishni anglatadi. A.ning ayrim choralari genotsid tusini olishi mumkin. Hozirgi xalqaro huquq A.ni inso-niyatga qarshi jinoyat deb hisoblaydi. 1973 yilda A. jinoyatlarining oldini olish va jazolash togrisida xalqaro konvensiya qabul qilingan. Yaqingacha A. JARda hukmronlik qilib kelgan, aso-san oq tanli fuqarolardan iborat Mil-liy partiyaning siyosati edi. U mamlakat aholisini irqiy alomatlarga qarab, uch qism: 1) oq tanlilar; 2) qora tanlilar, ya’ni tub afrikaliklar; 3) indeyslar va duragaylarga bolib boshqarish siyosa-tini qollab keldi. "Irqiy guruhlarni ajratib joylashtirish togrisida"gi qonunga muvofiq, aholi 74% ini tash-kil etuvchi qora tanlilar uchun soxta "davlatlar" – bantustanlar tuzildi, afrikaliklarning oq tanlilar yashovchi shaharlarda istiqomat qilishi man etil-di, A. qoidalarini buzganlarga nisba-tan qattiq jazo choralari qollanildi. Afrikaliklar, ularga ergashgan indeyslar hamda oq tanlilar bir qismining Afrika milliy kongressi va boshqa vatan-parvarlik tashkil otlari rahbarligida A. siyosatiga, irqchilar zulmi va kam-sitishlarga qarshi uzoq davom etgan, jahon hamjamiyati tomonidan faol qollab-quvvatlangan murosasiz ommaviy chiqishlari, shu jumladan, qurolli kura-shi irqchilarni chekinishga majbur etdi. Mamlakat va xalqaro maydonda yakkala-nib qolgan irqchilar siyosiy islohotlar otkazishga majbur boldi. Tinch yol bi-lan 1994 yil aprelda otkazilgan demokratik saylovlar natijasida hokimiyat mamla-kat tub aholisi vakillari qoliga otdi.