ⓘ Apelsin, portaxol – rutadoshlar ning sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxt va buta. Vatani – Birma va Janubi-Garbiy Xitoy. Yovvoyi holda uchramaydi. Tro ..

                                     

ⓘ Apelsin

Apelsin, portaxol – rutadoshlar ning sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxt va buta. Vatani – Birma va Janubi-Garbiy Xitoy. Yovvoyi holda uchramaydi. Tropik va subtropik mamlakatlarda qadimdan madaniylashtirilgan. Boyi 6 – 12 m. Shox va novdalarida ingichka tikanlari bor. Bargi tu-xum shaklida, hosili asosan noyabr-dekabr oylarida yetiladi. Mevasi dumaloq yoki tuxumsimon, sargish yoxud qizgish, vazni 300 – 400 g, ta’mi nordon, tarkibida 12% qand, 1 – 2% limon kislota, 0.9% oqsil, A, V, S vitaminlar va efir moyi bor. A. hol meva holida is-te’mol qilinadi; undan sharbat, kompot, qiyom va murabbo tayyorlanadi, postidan olinadigan moy atir-upa va konditer sanoatida qollaniladi. Hosildorligi 200 – 250 s/ga cha boradi. 300 ga yaqin navi bor. Vashington navel, Silliqpost, Korolyok 100 va boshqa navlari kop ekiladi. Eqilgandan song 3 – 4 yilda hosilga kiradi. Issiqsevar va namsevar. Qulay sharoitlarda 75 yildan ortiq yashaydi va hosil beradi. Trifoliat, bigardiya, 576mahalliy navlar uruglaridan chiqqan nihollarga payvand qilinadi. 4x2.5 m sxemada ekiladi. temperatura – 10°da yer usti qismi butunlay nobud boladi. A. AQSH, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Turkiyada hamda Gruziyaning garbida kop yetishtiriladi. Ozbekiston va Tojikistonda usti yopi-ladigan maxsus uzun ora larda, issiqxonalarda ostiriladi.