ⓘ Apparat funksiyasi – olchov asbobining unda olchangan kattalikni olchanguncha bolgan haqiqiy qiymati bilan boglovchi harakteristikam. Kop hollarda spektrofotome ..

                                     

ⓘ Apparat funksiyasi

Apparat funksiyasi – olchov asbobining unda olchangan kattalikni olchanguncha bolgan haqiqiy qiymati bilan boglovchi harakteristikam. Kop hollarda spektrofotometrlarning Apparat funksiyasi ni bilish talab qilinadi. Olchov asbobining Apparat funksiyasi nazariy yol bilan hisoblab topiladi. Mas, spektrometrning Apparat funksiyasi yoyuvchi element, kolli-mator kozgusi, tirqishning optik para-metrlari yordamida hisoblanadi. Spek-trometrning Apparat funksiyasi tajriba yoli bilan ham aniqlanishi mumkin. Bunda spektrometr kirish tirqishi v chastotali monoxro-matik nur bilan yoritiladi va spektromet-rda chastota ozgartirilganda shu chastota atrofidagi yoruglik oqimi taqsimoti olchanadi, bu taqsimot asbobning Apparat funksiyasi ga mos keladi.Tasvir hosil qiluvchi optik asboblar ning Apparat funksiyasi asbob hosil qilayotgan cheksiz kichik nurlanuvchi nuqtaning tasvirida-gi yoritilganlik taqsimotini korsatadi. Ideal optik asbob nuqtaviy yoritqich tasvirini nuqta shaklida hosil qiladi va uning Apparat funksiyasi nuqtadan tashqarida nolga teng boladi. Real optik asboblarda nuqtaviy yoritqich tasviri yorug dog sha-kliga ega boladi va asbobning Apparat funksiyasi nuqta atrofida nolga teng emas. Asbobning Apparat funksiyasi uning ajrata olish qobiliyatini ham belgilaydi.