ⓘ Appendikulyariyalar – xordalilar tipi krbiklilar kenja tipiga mansub sinf. Suvda suzib yuradigan dastlabki xorda-lilardan kelib chiqqan. Uz. 0.5 mm gacha, gavda ..

                                     

ⓘ Appendikulyariyalar

Appendikulyariyalar – xordalilar tipi krbiklilar kenja tipiga mansub sinf. Suvda suzib yuradigan dastlabki xorda-lilardan kelib chiqqan. Uz. 0.5 mm gacha, gavdasi tana va dumdan iborat. Dumida xordasi, nerv nayi va kondalang targil 582muskullari joylashgan. Tanasi dildiroq shaffof moddadan iborat qobiq – uycha ichida joylashgan. Uychaning oldingi va orqa tomonida teshik boladi. Dumining harakati tufayli suv oldingi teshi-gida joylashgan filtrlovchi apparat orqali otib orqa teshigidan chiqib ke-tadi. Filtrlovchi apparatning ingichka ipchalardan iborat panjaralari A. uchun oziq boladigan mayda organizmlarni tu-tib qoladi. Filtrlovchi apparat iflos-langanida A. uychasini buzib chiqib yangi uycha qurib oladi. A. halqumida endostil va bir juft jabra teshiklari boladi. Jabraoldi boshligi bolmaydi. Anal te-shigi tanasining qorin tomonida. Miyasi ustida yoruglikni se-zadigan kozchasi va stototsisti joylashgan. Kopchilik turlari germafrodit. Faqat jinsiy yol bilan kopayadi. Lichinkasining ogzi va anal teshigi bolmaydi. 100 ga yaqin turi ma’lum, barcha dengizlarda, asosan suvning ustki qatlamlarida uchraydi.