ⓘ Appenditsit – appendikentg yalliglanishi. Mikroblar osimtaga tur-li yollar bilan kiradi, ayrim sabablarga kura ularning patogenlik xususiyati oshib, osimta shil ..

                                     

ⓘ Appenditsit

Appenditsit – appendikentg yalliglanishi. Mikroblar osimtaga tur-li yollar bilan kiradi, ayrim sabablarga kura ularning patogenlik xususiyati oshib, osimta shilliq qavatlaridan ost-ki qismiga otib, uni yalliglantiradi. A. bilan turli yoshdagi kishilar ogrishi mumkin. A. otkir va surunkali boladi. Otkir A.ning kataral, yiringli, gan-grenoz turlari bolib, osimtaning te-shilishi, peritonit, appendikulyar in-filtrat, abssess kabi hayot uchun xavfli asoratlari kuzatiladi.Kasallik bosh-lanishida ong biqin sohasi tosatdan sanchib ogriydi va asta-sekin zoraya bo-radi; bemorning kongli ayniydi, qayt qiladi, tomiri tez uradi, harorati kotariladi. Ong yon bosh sohasini qol bilan bosib korilganda, ogriq zorayishi va ong tomondagi muskullarning taran-glanishi aniq seziladi. Qonda leyko-sitlar kopayadi. A. aniqpangandan keyin yalliglangan osimta darhol jarrohlik yoli bilan olib tashlanadi. Otkir A. operatsiya qilinmaganda kasallik bel-gilari kamayib, asoratlar roy bermasa, chuvalchangsimon osimtadagi ozgarishlar qisman yoqolib, kasallik surunkali tus oladi.Bolalarda ogriq kuchli, kari kishilarda esa sust boladi. Qorinda qattiq ogriq turishi kopincha A.ga xosdir, shuning uchun bunday hollarda zudlik bilan vrach chaqirish lozim.