ⓘ Arabi posho Ahmad – Misr xalqining 1879 – 82 yillardagi milliy ozodlik kurashi rahbarlaridan biri. Polkovnik. 1881 yil sentabrda Qohira garnizoni qozgoloniga bo ..

                                     

ⓘ Arabi posho Ahmad

Arabi posho Ahmad – Misr xalqining 1879 – 82 yillardagi milliy ozodlik kurashi rahbarlaridan biri. Polkovnik. 1881 yil sentabrda Qohira garnizoni qozgoloniga boshchilik qildi; natijada Misr milliy hukumati tuzildi. A.P. harbiy vazir lavozimini egalladi. 1882 yil iyul–sentabr oylarida Misrga bostirib kirgan inglizlarga qarshi urushda rahbarlik qildi. Urushda Misr maglubiyatga uchragach, A.P. ingliz hokimiyati tomonidan olim jazosiga hukm qilindi, keyinchalik Seylon o.ga surgun qilish bilan almashtirildi. 1901 yil Mayda afv etildi va Misrga qaytib keldi.