ⓘ Aralash iqtisodiyot – hozirgi za-mon bozor iqtisodiyoti modellaridan biri. Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotining ri-vojlangan va demokratlashib, insoniy tu ..

                                     

ⓘ Aralash iqtisodiyot

Aralash iqtisodiyot – hozirgi za-mon bozor iqtisodiyoti modellaridan biri. Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotining ri-vojlangan va demokratlashib, insoniy tuc olgan turi bolib, AQSH, Angliya va Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarga xos. Aralash iqtisodiyot poliiqtisodiy tizim bulib, ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti, kooperativ iqtisodiyot kabi modellardan ozining 3 jihati bilan ajralib turadi: a) mul kiy xilma-xillik. Iqtisodiyotda yagona mulk monopo-596liyasiga urin qolmaydi, xilma-xil mulkchilik yonma-yon rivojlanadi. Mulkchilikning 3 shakli mavjud bolib, bular xusu-siy mulk, jamoa mulki va davlat mulkidan iborat buladi. Xususiy mulkning individual mulk shakli emas, balki kooperativ shakli ustu-vorlik qiladi. Jamoa mulki esa ishchi va xizmatchilarning uziga yoki ularning kasaba uyushmasiga karashli mulkdan tashkil topadi va xalq korxonalarida oz ifodasini topadi. Bu korxonalardagi ishchi va xizmatchilar ham mulk sohibi, ham mehnat axli hisoblanadilar. Dav-lat mulki eng muhim, umummilliy ahamiyatga molik sohalar bilan cheklanadi, uning doirasi xususiylashtirish asosida qisqarib boradi. Mulk shakllaridan hech qaysisi monopol mavqeda bolmaydi. Iqtisodiyotda mulk shakllarining muvo-zanati saqdanadi; b) xojalik yuritish xilma-xilligi. Xojalik yakka, shirkat, aralash tarzda yuritiladi. Xojalik sub’ektlari xojalik faoliyatini oz mablagiga, qarz puliga tayanib yuritadilar, ular ortasida ijara munosabatlari keng tarqaladi. Yer, umuman, kochmas mulk va hatto, mashina-uskunalar ham ijara asosida ishlatiladi, lizingning tur-li shakl va usullari keng qollaniladi. Xojalik yuritish milliy doiradan chiqib baynalmilallashadi. Qoshma kor-xonalar, transmilliy korporatsiyalar rivojlanadi, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil topadi; v) xojalik faoliyati miqyosida muvozanatning ta’minlanishi. Yirik, orta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Yirik korxonalar monopoliyasiga orin qolmaydi. Har bir biznes oz sohasida rivoj topadi. Yirik va kichik biznes munosabati, bir tomon-dan, raqobat munosabati bolsa, ikkinchi tomondan sheriklik va hamkorlik muno-sabatiga aylanadi. Muvozanatli holat raqobatga keng yol ochadi, monopoliyani cheklaydi. Shu sababli millionlab kor-xonalar yopiladi, ozaro qoshiladi yoki yangidan ochiladi. Iqtisodiyot sub’ektlarining kopchilik bolishi raqobatning ahamiyatini oshiradi.Aralash iqtisodiyot kop ukladlilikni talab etadi va bozor talabi atroflicha organilib, bozorbop, ya’ni yaxshi sotiladigan tovarlar ishlab chiqariladi; barcha ishlab chiqarish omillari unumdorlikni ta’minlash yolida mukammallashtirib boriladi. Samarali ishlab chiqarish hamma daromadlarni oshirish imkonini beradi. Chunki har bir omilning bergan iqtisodiy samarasi oshib boradi. Ammo daromadlar tarki-bida mehnatdan keladigan daromad – ish haqi gissasining ortib borishi yuz beradi.Aralash iqtisodiyotning ommaviy farovonlikni ta’minlashdan iborat bosh umumlashtiruvchi qonuni bor va u iqtisodiyotning ijtimoiy yonalishini ifoda etadi. Bu qonunni ikki holat yuzaga keltiradi. Birinchi-dan, mulk xilma-xil bolib, ozchilik qolida toplanmay, kopchilikka tegishli boladi va mehnat ahli ayni vaqtda mulk sohiblariga ham aylanadi. Ikkinchi-dan, mahsulot va xizmatlarning koplab yaratilishi farovonlikni ta’minlashga yetarli boladi. Daromadlar yuqori bolganidan ular tirikchilik sarfidan ortib qolib, pul va modliy shakldagi jamgarmaga aylanadi. Shu bois milliy boylik tarkibida aholi mol-mulkining hissasi ortib boradi.Hozirgi Aralash iqtisodiyotda iqtisodiy munosa-batlarning aralash tarzda bolishi bo-zor va nobozor munosabatlarning uz-viy qoshilib ketishiga olib keladi. Bozor munosabatlariga xos raqobat, foyda uchun kurash, xususiy mulk hukmronligi, daromadlarning ishlab chiqarish omillaridan foy-dalanish natijasiga bogliq bolish kabi belgilar bilan bir qatorda uzoq sheri-klik asosida hamkor bolish, biznesda oz ornini topib obro orttirish, imijga ega bolish, ishchi-xizmatchilarning mulkdorlarga aylanishi, xayr-sahovat qoidasiga binoan nochorlarga doimo yordam berish kabi munosabatlar ham kamol topadi. Aralash iqtisodiyotda tartibsizlik va noaniqlik minimal darajaga tushadi, iqtisodiyot davlat to-597monidan tartibga solinadi, iqtisodiy muvoza-natlar tezda tiklanib turadi. Davlat daromadlarni qayta taqsimlab, minimal daromadlarni keskin pasayi-shiga yol bermaydi. Shu maqsadda qonun yoli bilan ish haqi minimumo miqdori belgilanadi. Davlat antimo-nopol si-yosat yurgizadi. Firmalarda marketing xizmatining kuchli rivojlanishi bozorni chuqur organib, uning talabiga mosla-shish imkonini bergani holda davlat ham iqtisodiyotni tartibga solib turganidan kuchli iqtisodiy bohronlar va larzalar yuz bermaydi, iqtisodiy tanglik chuqur bolmaydi, undan tezda va kam talofat bilan chiqiladi. Umuman olganda jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik qaror topadi. Aralash iqtisodiyot bozor munosabatlarining hozirchalik eng rivojlangan shakli sifatida yuzaga keladi. Uning yaqqol na-munasi deb AQSH iqtisodiyotini olish mumkin. Iqtisodiy nazariyada Aralash iqtisodiyot haqidagi qarashlar 20-asrning 20-yillarida paydo bolgan. Keyinchalik "xalq kapitaliz-mi", "demokratik kapita-lizm", "ommaviy farovonlik jamiyati", "konvergensiya" va boshqa konsepsiyalarda Aralash iqtisodiyot nazariyasi takomillashtirildi.Ahmadjon Olmasov.