ⓘ Aralash ogitlar, mineral ogitlar aralashmasi – tarkibida ikki va undan ortiq oziq moddalari bolgan tayyor ogitlar aralashmasi. Aralash ogitlar bir jinsli, yaxsh ..

                                     

ⓘ Aralash ogitlar

Aralash ogitlar, mineral ogitlar aralashmasi – tarkibida ikki va undan ortiq oziq moddalari bolgan tayyor ogitlar aralashmasi. Aralash ogitlar bir jinsli, yaxshi sochiluvchan bolishi ke-rak, ularni tayyorlashda ogitlarni ara-lashtirish qoidalariga rioya qilinishi lozim. A.o. zavodda ham, xojaliklarda ham tayyorlanishi mumkin. Ogitni zavodda aralashtirish agronomiya talabiga mos keladi. Xojaliklarda bir komponentli ogitlardan barvaqt aralashma tayyorlash va uni saqlash mumkin emas, chunki bunda ularning fizik xususiyati yomonlashadi. Ekinga qarab A.o.da asosiy ogitlar nis-bati har xil boladi. Kaliy bilan yetarli ta’minlangan goza maydonlarida shud-gorlash va ekish vaqtida ogit solishda azot 1: fosfor 2.5: kaliy 0 va azot 1: fos-for 4: kaliy 0 yaxshi nisbat hisoblanadi. Tuproqning shori yuviladigan sharoitlarda gozaga fosfor-kaliyli va azot-fosforli A.o. solish samaraliroqdir. Ularni qoshimchalar – mikroelementlar, gerbitsidlar, insektitsidlar qoshib ham tayyorlash mumkin.