ⓘ ARALASHMASLIK SIYOSATI – hozirgi xalqaro siyosatning asosiy yonalishlaridan biri. Har bir davlatdan bevosita yoki bilvosita, yakka ozi yoxud boshqa davlatlar bi ..

                                     

ⓘ Aralashmaslik siyosati

ARALASHMASLIK SIYOSATI – hozirgi xalqaro siyosatning asosiy yonalishlaridan biri. Har bir davlatdan bevosita yoki bilvosita, yakka ozi yoxud boshqa davlatlar bilan jamoa tarzida ozga bir davlatning ichki va tashqi ishlariga aralashmaslikni taqozo etadi. Aralashmaslik siyosati davlatlar boshqa bir davlatga nisbatan kuch bilan tahdid etishning har qanday shaklini qollashini yoki kuch ishlatishini, siyosiy, iqtisodiy yoki boshqa sohalarda qudratini ishga solib, undagi tuzumni agdarib tashlashga qaratilgan terrorchilik, qoporuvchilik va boshqa ga togridan-togri yoki bilvosita komaklashishini rad etadi. Aralashmaslik siyosati Buyuk fransuz in-qilobi davrida birinchi bor e’lon qilingan, unga binoan barcha davlatlar teng huquqli bolishi, mustaqil ish yuritishi, boshqa davlatlarning oz ishlariga aralashuviga yol qoymasligi shart. Keyinchalik mazkur qoida BMT Ustavida, yana qator boshqa muhim xalqaro hujjatlarda e’tirof qilindi, Yevropada xavfeizlik va hamkorlik masalalari boyicha kengash Yakunlovchi hujjatida mukammal ifoda-landi. Ozbekiston mustaqillikka erish-gach, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik siyosatini izchil amalga oshirmoqda. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida respublika tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ish-latmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxleizligi, nizolarni tinch yol bilan hal etish, boshqa davlat-599larning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanishi belgilab qoyilgan.