ⓘ Arnasoy kollari – Mirzachol bilan Sharqiy Qizilqum tutashgan joyda-gi kollar. Shimoli-sharqdan janubi-garbga chozilgan tektonik botiqda. Kollar tu-bining mutlaq ..

                                     

ⓘ Arnasoy kollari

Arnasoy kollari – Mirzachol bilan Sharqiy Qizilqum tutashgan joyda-gi kollar. Shimoli-sharqdan janubi-garbga chozilgan tektonik botiqda. Kollar tu-bining mutlaq balandligi 250 m chamasida. Kollar vujudga kelgunga qadar uning orni geomorfologik jihatdan Qizilqum kabi eol qum relefidan iborat bolgan. Pastqamliklarni esa shorxok va mayda kollar egallagan. 1969 yilda Chordara suv omboridan katta hajmda ortiqcha suvning chiqarib tashlanishi natijasida pastqamliklar suv bilan tolib bir necha kol vujudga keldi. Kollar ozaro tor ozanlar orqali tutashgan. Umumiy uz. 32 km, keng joyi 12 km, ortacha chuq. 1 – 3 m. Arnasoy kollari ga Markaziy Mirzachol tash-lamasi orqali shor zovur suvlari ham kelib quyiladi, shorligi 1 lda 4 – 5 g. Qishda Chorda-ra suv omboridan malum miqdorda suv oqiziladi, shuning uchun kol suvining minerallashuv darajasi unchalik yuqori emas. Arnasoy kollari dan ortiqcha suv tor yolak orqali Aydar kuliga oqib otadi. Kollar qamishzorlar bilan band. Arnasoy kollarida suvda su-zuvchi qushlar, tovon baliq, zogora baliq, laqqa baliq, sudak, leshch va boshqa baliqlar mavjud. Arnasoy kollarida baliq ovlanadi.