ⓘ Arnasoy tumani – Jizzax viloyatidagi tuman, 1975 yil 26 noyabrda tashkil etilgan. Shimoliy va shimoli-garbda Forish, janubida Zafarobod, janubi-sharqda Paxtakor ..

                                     

ⓘ Arnasoy tumani

Arnasoy tumani – Jizzax viloyatidagi tuman, 1975 yil 26 noyabrda tashkil etilgan. Shimoliy va shimoli-garbda Forish, janubida Zafarobod, janubi-sharqda Paxtakor, sharqda Dostlik, shimoli-sharqda Mirzachol tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.49 ming km². Aholisi 40.0 mingdan ortiq kishi. Arnasoy tumanida 6 Qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi – Goliblar qishlogi.Tabiati. Tuman relefi asosan te-kislik va pasttekisliklardan iborat. Yer yuzasi shimoliy va shimoli-garbdan janubiy va janubi-sharqqa tomon asta-sekin kotarila boradi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning ortacha temperaturasi – G, – 5°, iyul-niki 30° gacha. Yiliga ortacha 150 – 300 mm yogin tushadi. Arnasoy tumanining shimoliy qismida Aydar koli joylashgan. Tuprogi aso-san boz-qongir tuproq, shimoli-sharqiy qismida qisman shorxoklar bor. Tumanning chol joylarida chala butalar, sak-sovul, efemer va efemeroidlar osadi. Kemiruvchilardan qoshoyoq, yumronqoziq, quyon; sudralib yuruvchilardan kaltake-sak, ilonlar; yirtqichlardan bori, tulki, borsiq; hasharotlardan chayon, falanga; qushlardan torgay, sofitorgay, boyogli yashaydi. Arnasoy tumani hududida Arnasoy davlat ornitologiya buyurtma hududi tashkil etilgan.Aholisi: asosan, ozbeklar; shuning-dek rus, qozoq, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga ortacha 16 kishi.Xojaligi. Arnasoy tumani xojaliklari paxtachilik, gallachilik, polizchilik, chorvachilik, baliqchilikka ixtisoslashgan. Paxta tozalash zavodi, 5 paxta tayyorlash punkti bor. Arnasoy tumanida 7 jamoa xojaligi, 11 tokchilik xojaligi mavjud. 20 ming ga yerga paxta, 5 ming ga yerga galla, qariyb 1000 ga yerga sabzavot ekiladi; tokzor va boglar 1000 ga ni tashkil qiladi.1996/97 oquv yilida 11 umumiy ta-lim maktabida 4 mingdan ziyod oquvchi talim oldi. 15 bolalar bogchasida qariyb 2100 bola tarbiyalanmoqda. 4 klub, 2 madaniyat markazi, 10 kutubxo-na, 2 kasalxona, 2 ambulatoriya bolib, 50 vrach, 150 dan ziyod orta malumotli tib-biy xodim ishlaydi. "Arnasoy tongi" tuman gazetasi 1977 yildan chiqadi.