ⓘ Arpa – galladoshlar oilasiga mansub bir va kop yillik otsimon osimliklar turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi ma’lum. Dehqonchilikda A. Orta Osiyo d ..

                                     

ⓘ Arpa

Arpa – galladoshlar oilasiga mansub bir va kop yillik otsimon osimliklar turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi ma’lum. Dehqonchilikda A. Orta Osiyo da miloddan avvalgi 12– 10-ming yilliqdan ekib kelinadi. Vatani Old Osiyo. Ekma A. jahondagi kopgina mamlakatlarda yetishtiriladi. Biologik xususiyatlariga kora, A. bahori va kuzgi turlarga bolinadi. A. ildiz toplami popuksimon: asosiy ildiz haydalma qatlamda rivojlanadi. Poyasi poxolpoya, 4 – 6 ta bogimli, boyi 30 – 35 sm dan 130 – 134 sm gacha. Bargi barg plastinkasi, barg qini, tilcha va quloqchalardan iborat, boshqa galla osimliklarining bargidan kora kengroq. Topguli boshoq. Mevasi parda-li yoki yalangoch don, rangi sargish, och ji-garrang va och kulrang. 1000 ta doni vazni 20 – 60 g. Bahori A.ning vegetatsiya davri 55–110 sutka, kuzgisiniki 180 – 210 sutka. A. eng tezpishar don ekinidir. A. ozidan changlanuvchi osimlik, guli yopiq. Maysalari 4 – 5°da unib chiqadi, osib rivojlanib bori-shi uchun qulay harorat 22°. A. issiqqa chidamli osimlik, havo quruqligini yaxshi kotaradi. Xalq xojaligida A.dan xilma-xil maqsadlarda foydalani-ladi. Donida 13% suv, 2% oqsil, 64.6% uglevodlar, 5.5% klechatka, 2.1% yog, 2.8% kul moddasi bor. 1 kg arpa doni 1.2 ozuqa birligiga teng.Lalmi dehqonchilik mintaqasida bahori, sugoriladigan yerlarda kuzgi-qishki va koklamgi namdan yaxshi baxra oladigan yuqori hosil beradigan kuz-gi A. yetishtiriladi. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan ol-din pishib yetiladi. Sugoriladigan maydonlarda har gektaridan 50 s gacha hosil beradi. Ozbekistonda sugoriladigan yerlarda Qarshi, Zafar, Siklon; lalmi yerlarda Baysheshek, Unumli arpa, Nutans va boshqa na-vlari ekiladi. Uruglari 4 – 5 sm chuq. ga qadaladi, ekish me’-yori A.ning faqat ozi eqilganda 100 – 120 kg/ga, vika bilan birga eqilganda 50 – 70 va 40 – 50 kg/ga. A. ogitlarga talabchan. Yuqori hosil olish uchun gektariga 30 – 45 kg N, 45 – 60 kg R2O5, 60 kg K,O solinadi.A. zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, simqurtlar, arrakashlar, kokkoz va b; kasalliklardan eng kop zararlaydigani qorakuya, zang kasalligi, unshudring, fuzarioz, bakterioz va boshqaAd. Kurbanov K., Yachmen v usloviyax bogaro Ozbekistona, T., 1972; Yigitali-yev M., Muhammadxonov S, Dala ekinlari seleksiyasi va urugchiligi, T., 1981.Qoziboy Dushamov.