ⓘ Askariy – ortapishar, mayiz-bop, urugsiz, xoraki uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga ki-radi. Asl vatani – Eron. Armaniston, Turkmaniston, Qoz ..

                                     

ⓘ Askariy

Askariy – ortapishar, mayiz-bop, urugsiz, xoraki uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga ki-radi. Asl vatani – Eron. Armaniston, Turkmaniston, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston va Ozbekistonning ayrim viloyatlarida ekiladi. Tupi ortacha osadi. Bargi yirik, chozinchoq, silliq, arra tishli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi ortacha va yirik, shingillari tigizligi ortacha. Gujumi urugsiz, ortacha, och sariq. Posti yupqa, guborli. Eti sershira, mazasi yoqimli. Hosili faol harorat yigindisi 2800 – 3000da 120– 130 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 59 – 90 s/ga. Sovuqqa bardoshi past. Raga va un shudring bilan ka-sallanadi. Yangiligida iste’mol etiladi, mayiz solinadi.