ⓘ Assalomu alaykum - musulmonlar ozaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi. Salom qabul qiluvchi Va alaykum assalom, deb javob qaytaradi. Assalomu ala ..

                                     

ⓘ Assalomu alaykum

Assalomu alaykum - musulmonlar ozaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi. Salom qabul qiluvchi "Va alaykum assalom", deb javob qaytaradi. Assalomu alaykum tanigan va tanimagan musulmonlarga beriladi. Kichik yoshdagilar yoshi uluglarga, ulov mingan odam piyodaga, piyoda ketayotgan kishi otirganga, ozchilik kopchilikka salom beradi. Assalomu alaykum kopchilik huzuriga kirib otirishda ham aytiladi. Assalomu alaykumni kishi eshitadigan qilib muloyim tarzda aytish lozim. Assalomu alaykum ozaro muomala-muno-sabatning boshi bolib, oziga xos iliqlik, samimiyat, ochiq kongillilik baxsh etadi. Assalomu alaykumni oshkora aytish kishilar ortasida muhabbat paydo etib, ortadagi gina va kuduratlarni ketkazadi. Ozidan kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat yuzasidan salom-alik qilish kishilari-miz uchun axloqiy mezon bolib qolgan. Assalomu alaykum deyish sunnat, javob qaytarish esa vojibdir.