ⓘ Aflotun xazinasi – Fargona vodiysining shimolidagi Aflotun daryosining Itoqarsoy irmogi yoqasida joy-lashgan Kalunchat qishlogidan topilgan songgi jez davriga o ..

                                     

ⓘ Aflotun xazinasi

Aflotun xazinasi – Fargona vodiysining shimolidagi Aflotun daryosining Itoqarsoy irmogi yoqasida joy-lashgan Kalunchat qishlogidan topilgan songgi jez davriga oid yodgorlik. Aflotun xazinasi ba’zan ilmiy adabiyotlarda Kalun-chat xazinasi nomi bilan ham uch-raydi. Aflotun xazinasi misdan ishlangan bilaguzuk, halqa, ik-kita qongiroq shaklidagi zirak, bir necha 788munchoq va jezdan quyilgan 8 ta mitti odam haykalchalaridan iborat bolib, u avval Namangan shahri olkashunoslik muzeyiga topshirilgan, keyinroq esa yoqolgan. Mitti odam haykalchalarining balandligi 2.5–2.8 sm dan oshmaydi. Odam shak-li ancha aniq tasvirlangan bolib, ular tik turgan holda, qollarini beliga tirab, choqqi telpak kiyib turibdi. Ulardan faqat bittasi bosh kiyimsiz, koz va burunlari ancha ifodasiz tasvirlangan bolib, boshqa qolipda quyilganligidan dalolat beradi. Bu haykalchalar ishlanish uslubi va shakli jihatidan qadimgi Sharqning jez davri yodgorliklariga oxshab ketadi. Ammo ularning choqqi telpak kiygan holda ishlanishi mil. av. 8–7-asrlarda Fargona vodiysida yashagan sak qabilalarini eslatadi. Choqki telpakli mitti odamlar haykalchalari Shimoliy Eronning Hisor 3 yodgorligidan ham ondan oshiq topilgan bolib, ular mil. av. 2-ming yillikning birinchi choragiga oiddir. Aflotun xazinasi dagi bilaguzuk, zirak va halqa kabi buyumlar mil. av. 13–10-asrlarda shu hududlarda yashagan sak qabilalarining bobokalonlari – jez davri aholisining yuksak san’at asarlari yarata olganlaridan dalolat beradi.Ad.:Zadneprovskiy Yu. A., Drevnezem-ledelcheskaya kultura Fergano, M., 1962.