ⓘ Axaltaka harbiy yurishlari – rus qoshinlarining Axaltaka vohasini egallash maqsadida 1879, 1880-81 yillardagi yurishlari. 1869 yil Kras-novodsk shahriga asos so ..

                                     

ⓘ Axaltaka harbiy yurishlari

Axaltaka harbiy yurishlari – rus qoshinlarining Axaltaka vohasini egallash maqsadida 1879, 1880-81 yillardagi yurishlari. 1869 yil Kras-novodsk shahriga asos solingach, rus podsho hukumatining turkmanlar yerlarini bosib olish ishtiyoqi kuchaydi. Krasnovodskdan gene-ral Lazarev qomondonligida 20 minglik qoshin 1879 yil iyulda Koktepaga hujum qiladi. Ruslar katta talofat korib, ortga chekinishga majbur boladilar. Bu holdan foydalangan Angliya 1880 yil 10 iyunda Afgonistonni oziga tobe etdi. Aleksandr II Turkmanistonni bosib olishni M. D. Skobelevga topshirdi. Axaltaka vohasiga yol ochish maqsadida Krasnovodskdan boshlab temir yol qurilishi boshlandi. M. D. Skobelev taka turkmanlar qomondoni Tiqma Sardor nomining mashhurligi, uning botirligi haqida eshitgan edi. U 800 nafarlik qoshin bilan Bomi, Yangi qal’a qishloklariga 1880 yil iyulda kelib Koktepa atroflarini organdi. Otliq turkman todalari hujumlarini qaytarib turdi. 1880 yil 30 noyabrda Koktepadan 10 chaqirimcha uzoqda bolgan Yaganbotir qel’asini egallaydi. Taka turkmanlar rus qoshinlariga hujum qilib, 3000 bosh tuyani olja tu-shiradilar. M. D. Skobelev Koktepa atrofini aylanib chiqib, qalinligi 6 – 8 m li mudofaa devorlarini port-latish uchun bir necha tonna portlatuvchi dori keltirgan edi. Rus qoshinlari 8000 nafar bolib, 70 dan ortiq zambarakka ega bolganlar. Koktepa qal’asi hujum bilan ishgol qilingach ta-lon-taroj qilish uchun tort kun askarlar ixtiyoriga topshirib qoyildi. Qyal’a mudofaachilari 25 ming nafar bolib, ularning bor-yogi 5000 pilta miltigi bor edi. Qal’a axdidan biror kishi ham omon qolmagan.