ⓘ Ache – Sumatra o. shimolida mavjud bolgan sultonlik. Indoneziyada islom dinining tarqalishi markazlaridan biri. Ache kuchaygan davrida uning mustaqilligini Suma ..

                                     

ⓘ Ache

Ache – Sumatra o. shimolida mavjud bolgan sultonlik. Indoneziyada islom dinining tarqalishi markazlaridan biri. Ache kuchaygan davrida uning mustaqilligini Sumatraning aksariyat xonliklari va Malayyaning garbidagi xonliklar tan olgan. Ache murch savdosiga ixtisoslashgan; kuchli floti bolgan. 16 – 17-asr boshlarida Ache portugaliyaliklar bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan. 1641 yil Gollandiya Malakkani bosib olib Achega tobe mulklar ichiga kirib borishi bilan Achening ob-ru-e’tibori tushib ketgan. 1873 – 1904 yillarda Gollandiya Achega qarshi mustamlakachilik urushi olib borgan. Ache xalqi Teuku Umar va Teungku Chik di Tiro va boshqa rahbarligida bosqinchilarga qarshi mardona kurashganlar. Partizanlik harakati 1913 yilgacha davom etgan. Indoneziya Respublikasida Ache – viloyat.