ⓘ Achchiqgarvuz – qovoqdoshlar oilasiga mansub ilashib osuvchi bir yillik osimlik. Palagining uz. 1 – 2 m. Barglari uchburchak shaklida, boyi 5 – 8, eni 4 – 5 sm. ..

                                     

ⓘ Achchiqgarvuz

Achchiqgarvuz – qovoqdoshlar oilasiga mansub ilashib osuvchi bir yillik osimlik. Palagining uz. 1 – 2 m. Barglari uchburchak shaklida, boyi 5 – 8, eni 4 – 5 sm. Gullari bir jinsli. Mevasi dumaloq, achchiq, diametri 7–12 sm, dastlab och yashil, pishishiga yaqin sargish va qoramtir boladi. Achchiqgarvuz avgust–sentabrda gullab, oktabr–noyabrda hosil beradi. Ozbekistonda dorivor osimlik sifatida ekiladi. Vatani Shimoli-Sharqiy Afrika. Mevasining tarkibida glyukozid bor. Achchiqgarvuzning mevasidan surgi sifatida foydalaniladi.