ⓘ Vazopressin, antidiuretik gormon - gipotalamusda hosil boladigan neyrogormon. Kimyoviy tabiatiga kora polipeptid. Tomirlarning silliq muskullariga tasir etlb, u ..

                                     

ⓘ Vazopressin

Vazopressin, antidiuretik gormon - gipotalamusda hosil boladigan neyrogormon. Kimyoviy tabiatiga kora polipeptid. Tomirlarning silliq muskullariga tasir etlb, ularni toraytiradi va qon bosimini oshiradi, buyraklarning kanalchalarida suvning qayta sorilishini kuchaytirib shu tariqa siydik ajralishini kamaytiradi. V. gipotalamus oldingi yadrolarining neyrosekretor hujayralarida hosil bolib, nerv tolalari orqali gipofizga otadi, undan qonga ajraladi. V. antidiuretik tasir korsatganligi uchun umurtqali hayvonlar bilan odam organizmida suvtuz almashinuvini deyarli bir meyorda saklab turadi. Bu gormon yetishmaganda qandsiz diabet paydo bolishi mumkin. Tarkibida V. bor preparatlar gipofizning orqa bolagidan olinadi.