ⓘ Vaysheshika - hind falsafasidagi vedalarni etirof etuvchi 6 ananaviy tizimdan biri. Asoschisi Kanada ismli shaxe deb taxmin qilinadi. Uning asari Vaysheshikasut ..

                                     

ⓘ Vaysheshika

Vaysheshika - hind falsafasidagi vedalarni etirof etuvchi 6 ananaviy tizimdan biri. Asoschisi Kanada ismli shaxe deb taxmin qilinadi. Uning asari "Vaysheshikasutra" deb ataladi. "Padartxadharma-sangraxa" asari, Jayanarayanning "Vivriti" asari "Vaysheshikasutra"ga yozilgan sharh hisoblanadi. Buddizmta qaramaqarshi olaroq, narsalar tushunchalar bilan birgalikda mavjud deb hisobladi. V. qad. hindlarning tabiiy-ilmiy dunyoqarashlari bilan bogliq. V.ning koinot haqidagi nazariyasiga kora. u suv, tuproq, nur, havodan tarkib topgan. V.ning atomistik nazariyasi qad. moddiyunchilik talimotini yanada rivojlantirganligidan guvohlik beradi. V. talimoticha, barcha mavjud narsalar 6 tushunchada oz ifodasini topa-di: javhar, sifat, harakat, umumiylik, xususiylik va mansublik. Sutralarning sharxlovchilari bunga 7-tushuncha - inkor yoki mavjud bolmaslikni ham qoshadilar. V. tizimida asosiy tushuncha javhar bolib, narsalar mohiyatini ifodalaydi. Javharlar narsa va ashyolarning oziga xosligi va sifatlarini belgilaydi. Kanada javharlarning 17 xususiyatini, Prashastapada 24 sifatini sanab otadi. Javharlar harakat va faollikka egadirlar. V. talimotida atom doimiy, ozgarmas zarra bolib, moddiy jismlarning oxirgi bolinish chegarasidir. U aylanma shaklga ega, zamonlar otishi bilan ham ozgarmaydi. Atomlar oz tabiatlariga kora sokin bolib, ularni harakatga keltirish tashqi turtkiga bogliq. Korinmas kuch - adrishta atomlarni harakatga keltiradi. Xudo jahoniy ruh - Brahmanni yaratgan. U koinotni yaratmagan bolsa ham, ammo uni idora qiladi. Muhammadjon Qodirov.