ⓘ Valyuta siyosati - davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursita, valyuta operatsiyalariga tasir korsatish chora-tadbirlari; davlat ..

                                     

ⓘ Valyuta siyosati

Valyuta siyosati - davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursita, valyuta operatsiyalariga tasir korsatish chora-tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatiningtarkibiy qismi. V.s.ning asosiy dastaklari - valyuta intervensiyasi, valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va b.dan tashkil topadi. Mamlakatda V.s.ni hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi.

Jahon miqyosida V.s.ni xalqaro valyuta - moliya tashkilotlari Xalqaro valyuta fondi, xalqaro banklar olib boradi. Uni amalga oshirish davriga kora, joriy V.s. va uzoq muddatli V.s. kabi kurinishlari bor. Joriy V.s.da valyuta bozori holati ozgarishlari konyukturasi, deviz va diskont siyosati, valyuta zaxiralari yordamida tartibga solinadi va bu siyosat tolov balansi tengligini taminlashga xizmat qiladi. Uzoq muddatli V.s. valyuta mexanizmi, valyutalar kursi va pariteti, xalqaro hisob-kitoblar tartibini ozgartirish maqsadlarini kozlaydi.