ⓘ Vasvasa - odamda gayritabiiy, haqiqatga togri kelmaydigan, xato, bemani goyalarning paydo bolishi, fikrlash va faraz qilish qobiliyatining buzilishi, ruhiy kasa ..

                                     

ⓘ Vasvasa

Vasvasa - odamda gayritabiiy, haqiqatga togri kelmaydigan, xato, bemani goyalarning paydo bolishi, fikrlash va faraz qilish qobiliyatining buzilishi, ruhiy kasalliklarning asosiy belgilaridan biri. V.ga uchraganlarning aql-farosati, ongi teran bolsa ham, bazi voqea va hodisalar togrisidagi fikr-mulohazalari ozgarib, notogri xulosalar chiqaradilar. Mac, hayotda sodir bolayotgan voqealarni tartib bilan sozlab bersalar ham, ularning mazmun va mohiyatini izohlashda manosiz fikrlar aytadilar. Ozlarini ruhan soglom his qilib, xato fikrlarini haqiqat deb tushunadilar, buning notogriligini isbotlamoqchi bolgan kishilarga munosabat va xatti-harakatlari tubdan ozgaradi. V. turlari kop: 1) kuzatish, hadiksirash V.sida bemor sodir bolayotgan voqea va hodisalarni oziga tegishli deb, uni badnom qilish maqsadida uyushtirilgan fitna deb hadiksiraydi. Ozaro suhbatlashib yoki chaqchaqlashib otirgan odamlarni uchratganda, meni mazax qilib kulishmoqda deb oylaydi. Badiiy asarlar oqiganda, radio eshitganida, televizor korganida bularning hammasi mening togrimda deb xayol qiladi, shuning uchun ozini kopchiliqdan tortadi, uyiga berkinib oladi; 2) jismoniy tasirlanish V.si - bemor organizmida azob beruvchi sezgilar his etib, bu - raqiblarim kashf etgan maxsus apparatlar yordamida yuborilayotgan korinmas nurlar, tolqinlar, elektr quvvati, gipnoz yoki sehr tasirining natijasidir, deb oylaydi. 3)zaharlanishV.sida bemor ovqatlangach ozini yomon his qilib, buni "dushman"laridan koradi va ovqatdan voz kechadi yoki "zaharsiz taomlar" izlaydi. U "dushman"lari ustidan boshqalarga arz qiladi yoki idoralardan yordam soraydi, bazan baxtsiz hodisalarga sabab boladigan tadbirlar korishi mumkin; 4) kamsitish, gadolik va tunash V.si - kopincha keksalikdagi kasalliklarda, xotirasi pasaygan kishilarda uchraydi. Bunday bemor qandaydir odamlar uni tunaganligi, natijada gado bolib qolgani, qarindosh-uruglari kamsitib xorlayotgani haqida shikoyat qilib yuradi; 5) rashk V.sida er yoki xotin birbirini vafosizlikda ayblaydi; xattiharakati, yurish-turishi, boshqalar bilan munosabatidan vafosizlik alomatlarini axtarib, poylab yuradi, oz shubhasini isbotlash uchun manosiz, ahmoqona dalillar keltiradi. Bemorning butun xayolini shu fikr chulgab oladi, bazan umr yoldoshi yoki gumon qilgan kishisiga shikast yetkazishi ham mumkin; 6) uluglik, badavlatlik va kashfiyot V.si - bemor ozini mulkdor yoki dono, qudratli, ijodkor yoki olamshumul ixtirochi, deb hisoblaydi. U ozicha yozadi, sxemalar chizadi, yangi nazariyalar yaratadi. Tashkilotlarga borib, ozini tan olishni, takdirlashni talab qiladi; 7) ozini ayblash va kamsitish V.si asosan ruhiy tushkunlikka tushgan kishilarda uchraydi. Ular ozlarini oila, jamiyat oldida pastkash, gunohkor, yaramas odam deb hisoblaydilar va kopincha ozlarini nobud qilishga intiladilar; 8) xastalik V.si, ipoxondrik V. - bemor ozini olay deb turgan ogir kasal deb his qiladi, nazarida tashqi qiyofasi ozgargandek, rak yoki tanosil azolari kasalliklariga duchor bolgandek tuyuladi. Miyasi, ichki azolari chirib, yurak faoliyati va tomir urishi toxtab qolgandek tuyuladi, ozini allaqachon olib ketgan deb oylaydi. U faqat kasalligi togrisida oylab, atrofdagi voqea va hodisalarga qiziqmay qoyadi. Bazi bemorlar ichida qandaydir apparatlar yoki hayvonlar bordek sezadi va darhol operatsiya qilishlarini talab etadi. V.ning bu turi bosh miyaning organik kasalligi bolgan odamlarda kop uchraydi. V. bolgan bemorlar ruhiy kasalliklar shnfoxonasida davolanadi. Mirqobil Halilov.