ⓘ Vaucher - 1 xususiylashtirish cheki, qimmatli qogoz. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalarning aksiyalariga almashtirish yoli bilan xususiylashtirishda ..

                                     

ⓘ Vaucher

Vaucher - 1) xususiylashtirish cheki, qimmatli qogoz. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalarning aksiyalariga almashtirish yoli bilan xususiylashtirishda ishtirok etish huquqini beradi. V.ning xususiylashtirilgan mulk ulushiga kora belgilangan nominal qiymati va korxona daromadining aksiyalarga taqsimlangan dividend miqdoriga qarab belgilanadigan kursi mavjud. V.ni korxonalar aksiyalariga ayirboshlash, dividendlarni taqsimlash, aksiyalar bilan oldi-sotdi operatsiyalarini otkazish V. fondlari orqali amalga oshiriladi. V.ni xohlagan investitsiya fondiga topshirish yoki sotish, sotib olish mumkin.

90-y.larda MDH davlatlaridan Rossiyada qollanildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda xususiylashtiriladigan umumiy mulk miqdori va har bir fuqaroning umumiy mulkdagi hissasi hisob-kitob qilinib, mulk hissasiga muvofiq bolgan cheklar vaucher guvohnomalari aholi ortasida tarqatildi. Shunga kora, bir dona V.ning nominal qiymati 10 ming Rossiya rubli darajasida belgilandi; 2) yozma guvohlik, kafolat, kafillik.