ⓘ Vafot etgan deb elon qilish - qonunda belgilangan muddat mobaynida fuqaroning qayerda turganligi haqida doimiy yashash joyida hech qanday malumot bolmagan taqdi ..

                                     

ⓘ Vafot etgan deb elon qilish

Vafot etgan deb elon qilish - qonunda belgilangan muddat mobaynida fuqaroning qayerda turganligi haqida doimiy yashash joyida hech qanday malumot bolmagan taqdirda uning sud tomonidan vafot etgan, deb tan olinishi. Ozbekiston Respublikasi FK 36-moddasiga binoan, agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida 3 yil mobaynida malumot bolmasa, basharti u olim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bolgan deb taxmin qilish uchun asos boladigan vaziyatlarda bedarak yoqolgan bolib, uning qayerdaligi haqida 6 oy mobaynida malumotlar bolmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni V. e. d. e. q.i mumkin. Harbiy harakatlar munosabati bilan sud bedarak yoqolgan harbiy xizmatchini yoki boshqa fuqaroni harbiy harakatlar tamom bolgan kundan etiboran kamida 2 yil otgandan keyin V. e. d. e. q.i mumkin. Sudning bu haqdagi qarori qonuniy kuchga kirgan kuni fuqaroning olgan kuni, deb hisoblanadi.