ⓘ Veksel - korsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni tolash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; qimmatli qogoz. U universal tolov, kre ..

                                     

ⓘ Veksel

Veksel - korsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni tolash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; qimmatli qogoz. U universal tolov, kredit va hisob vositasi bolib, xalqaro savdoda tolov majburiyati; qisqa muddatli tijorat-kredit vositasi; banklararo uzoq muddatli munosabatlarni shakllantiruvchi vosita; banklardan ssuda olish uchun garov tarzida keng qollaniladi. V.ning asosan oddiy V., otkazma V., xazina V., moliya V., tijorat V. va b. turlari bor.

V. hisob vositasi va ayirboshlash hujjati sifatida Yevropa mamlakatlarda 17-asrda shakllandi. 19-asrning oxiridan boshlab Turkistondagi xususiy tijorat banklari savdo-sotiqda V. muomalasini keng yolga qoygan. Sobiq Ittifoqda, shu jumladan Ozbekistonda V. yangi iqtisodiy siyosat davrida davlat hamda kooperativ korxonalar ortasidagi munosabatlarda ham ishlatilgan. 1930 - 32 y.lardagi kredit islohotida bevosita maqsadli bank orqali kreditlashga otilishi bilan mamlakat ichida V. muomalasi tugatilgan. Boshqa kopgina davlatlarda V. muomalalari 1930 y. Jenevada qabul qilin-gan "Veksel togrisida"gi konvensiyaga muvofiq olib boriladi. Unda V.ning kuyidagi majburiy unsurlari bolishi qatiy belgilangan: V. belgisi - "Veksel" yozuvi; V.da korsatilgan summani sozsiz tolash majburiyati; qarz tolovchi va birinchi V. egasining nomi; remitent nomi; tolov muddati va joyi; V. toldirilgan sana va manzil; V. beruvchining imzosi.

V. ni amal qilish muddatini chozish V. prolongatsiyasi qonunga muvofiq yoki trassant va trassatning ozaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.

OzRning 1993 y. 2 sent.dagi "Qimmatli qogozlar va fond birjasi togrisida"gi qonuniga muvofiq 1994 y.dan boshlab Ozbekistonda V.lar muomalaga kiritildi. V.lar naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng qulay vositasi sifatida korxona va tashkilotlarda keng qollaniladi.

Eson Egamov.