ⓘ Venesiya maktabi - Italiyadagi asosiy rangtasvir maktablaridan biri; Uygonish davrida eng gullagan davrini boshdan kechirgan. Bu davrga xos bolgan olamning josh ..

                                     

ⓘ Venesiya maktabi

Venesiya maktabi - Italiyadagi asosiy rangtasvir maktablaridan biri; Uygonish davrida eng gullagan davrini boshdan kechirgan. Bu davrga xos bolgan olamning joshqinligi va rangbarangligini hissiy sezish V. m. rangtasvirida ozining yorqin badiiy ifodasini topdi. Unda moyboyoq rang-tasviri ifoda imkoniyatlarining mukammalligi, ayniqsa koloritga etiborning ustunligi kozga tashlanadi. Venesiya sanatkorlari Vizantiya va gotika ananalarini ozlashtirgan holda jozibador sanat maktabi yaratdilar, asarlariga tasvirning tekis yuzaligi, oltin zaminning umumiyligi, bezak naqshlar xos bolib, sof boyoqlardagi tantanali hamohangligi bilan ajralib turadi. Ilk Venesiya Uygonish davri namoyandalari asarlarida dunyoviylik ortdi, dunyoni real tasvirlash, fazo va hajmni berishga intilish kuchaydi; ananaviy diniy mavzulardagi lavhalarda Venesiyaning kundalik hayotidan yorqin hikoya qilinadi. Antonello da Messina, J. Bellini ijodida Yuksak Uygonish davri sanatiga otish seziladi. Sodda hikoyanavislik ornini olamni umumlashma, murakkab korinishini yaratishga intilish egalladi, ularda axloqiy manolarga tuliq ulugvor inson qiyofalari joshqin ruhdagi tabiat bilan tabiiy uygunlikda namoyon boladi. B. Jorjone asarlarida inson bilan tabiatning uygunligi mavzui ozining mumtoz ifodasini topdi; V. Titsian portretlarida ruhan murakkab yaxlit insoniy harakterlar alohida orin tutadi. 16-asr ortalarida tarixiy vaziyat tufayli Uygonish davrining hayotbaxsh goyalari inqirozga uchraydi. V. Titsianning songgi asarlarida dramatizm, murakkab ruhiy toqnashuvlarii yoritish, tasviriy ohang benihoya tasirchanlikka ega boldi.

V. m. namoyandalari ijodida 17-asr Yevropa sanati rivojiga tasir korsatgan yangi badiiy shakl va xususiyatlar shakllandi, yangi janrlar yuzaga keldi. 18-asr da hayotbaxsh bayramonalik bilan joshqin va yengil, nozik koloritli kenglik uygunlashgan mahobatli bezak rangtasviri J. B. Tepolo va b., joshqin kotarinki ruhdagi maishiy janr rivojlanadi J. B. Pyatssetta va b., Venesiyaning oziga xos qiyofasini yaratuvchi memoriy manzara veduto keng tarqaldi. V. m. ga xos bolgan nurhavo muhiti plener ni berish masalalariga bolgan eti-bor 19-asr rassomlarini ilhomlantirgan.