ⓘ Ventil - 1 bir tomonlama otkazuvchanlik xossasiga ega bolgan elektr asboblarining umumiy nomi. Togri tok yonalishida kam qarshilikka, teskari tok yonalishida es ..

                                     

ⓘ Ventil

Ventil - 1) bir tomonlama otkazuvchanlik xossasiga ega bolgan elektr asboblarining umumiy nomi. Togri tok yonalishida kam qarshilikka, teskari tok yonalishida esa katta qarshilikka ega boladi. Boshqacha aytganda, V. tokni bir yonalishda yaxshi, ikkinchi yonalishda yomon otkazadi. Bu xossasi tufayli V. tokni togrilash qurilmasi sifatida keng qollaniladi. V. lik xususiyati metall va elektrolit, metall va gaz, vakuumdagi metall va yarimotkazgich yoki har xil tarkibli ikki yarimotkazgich chegarasida namoyon bolishi mumkin. V. larning boshkariladigan va boshqarilmaydigan xillari boladi. V. togrilanayotgan tok quvvati, kuchi, ish kuchlanishi, kuchlanishning togri yonalishda pasayishi, teskari yonalishda teshib otish kuchlanishi va b. korsatkichlar bilan ifodalanadi. V. radiopriyomniklar, kuchli energetika qurilmalari, elektr uzatish liniyalari, avtomatika, elektronika, hisoblash texnikasi, ota yuqori chastotalar texnikasi va radioqurilmalarda detektor, tiristor va togrilagich sifatida ishlatiladi. Umuman, diodlarning hamma turlari, elektrolitik togrilagichlar va mantikiy elementlar ham V. jumlasiga kiradi; 2) suyuqlik, gaz yoki bug oqimi yolini ochib yuborish yoki berkitib qoyish, bu oqim miqsorini kopaytirish yoki kamaytirish uchun moljallangan qurilma. Oddiy V. - vodoprovod jomragi. Uni quvur ga biriktirish uchun ikki uchiga ichki rezba kesiladi. Katta V. lar korpusining ikki yonida flanes boladi. V. maxovigi qolda buraladi. Quvurdan oqayotgan suyuqlik yoki gaz bosimi ozgarganda ishga tushadigan elektr yoki gidravlik dvigatel yordamida V.ni avtomatik tarzda boshqarib turish ham mumkin. V. vodoprovod, gaz kuvurlari, sanoat truboprovodlari, sanitariyatexnika qurilmalarida ishlatiladi; 3)musiqada - valtorna, truba kabi mis puflama musiqa cholgulari stvoli uzunligini uzaytirish uchun moljallangan mexanizm. Puflama musiqa asbobida V. sifatida aylanma klapan- baraban ishlatiladi. Ijrochi V. dan foydalanib turlicha balandlikdagi tabiiy tovush qatorlarini hosil qiladi.