ⓘ Vertikal drenaj - q. x. yerlarini drenaj qilish turi; sugoriladigan yerlarning optimal meliorativ rejimini taminlash maqsadida yer osti suvlarinn sorib olishi u ..

                                     

ⓘ Vertikal drenaj

Vertikal drenaj - q. x. yerlarini drenaj qilish turi; sugoriladigan yerlarning optimal meliorativ rejimini taminlash maqsadida yer osti suvlarinn sorib olishi uchun nasoslar bilan jihozlangan burgi quduqlari sistemasi. Orta Osiyodagi sugoriladigan dehqonchilik mintaqalarida V.d. tuproqning shorlanishi va zax bosishiga qarshi qollanilddi. V. d.ning shorsizlantirish samarasi shor yuvish, vegetatsion suyurish, tuproq-grunt aeratsiyasi va tuproq qoplami zonasidan erigan tuzlarni yer osti suvlarining chuqurroq gorizontlariga tushirish yoki ularni sugoriladigan hudud chegarasidan tashqariga chiqarib yuborish yoli bilan amalga oshiriladi.

V. d. gorizontal drenaj kam samara beradigan, tuproq qatlami suvni sust otkazadigan, yer osti suvlarining bosimi katta bolgan qatlamlarda quriladi. V. d. birinchi marta 20-asr boshida AQShda qollanilib, "kaliforniya drenaji" nomini oldi. Hoz. davrda V. d. sugorma dehqonchilik rivojlangan Jan Sharqiy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. OzRda birinchi marta melioratsiyaning bu usuli 1928 - 30 y.larda Mirzacholda sinab korildi, 1960 y.dan boshlab shu joydagi xojaliklarda koplab qurildi. Keyinchalik V. d. Ozbekistonda Markaziy Fargona, Qarshi, Surxon-Sherobod va Jizzax chollari-ni ozlashtirishda, Turkmanistan, Tojikiston, Qirgiziston, Ozarbayjonda keng qollanildi. Quduqning chuqurligi hududning litologik tuzilishiga qarab 30 dan 100 m gacha, diametri 1000 mm gacha, suv sarfi maydonning gidrogeologik sharoitiga bogliq bolib, 15 l/s dan 200 l/s gacha bolishi mumkin.