ⓘ Videoyozuv - televizion, radiolokatsion va b. tasvir hamda tovush signallarini magnit lentaga, diskka yoki kinolentaga yozib olish va qayta korsatish hamda eshi ..

                                     

ⓘ Videoyozuv

Videoyozuv - televizion, radiolokatsion va b. tasvir hamda tovush signallarini magnit lentaga, diskka yoki kinolentaga yozib olish va qayta korsatish hamda eshittirish. Telekorsatuvlar, videofilmlar, hujjatli va badiiy dasturlarni saqlab qoyish va zarur paytlarda tovushli qilib qayta korsatishga imkon beradi. V.dan oquv maqsadlarida ham keng foydalaniladi. V.ni videomagnitofon orqali amalga oshirishning signallarni kinolentaga yozib olishdan ancha afzalligi bor, chunki unda plyonkaga ishlov berish, bosib chiqarish va montaj qilishdek murakkab jarayonlarga ehtiyoj bolmaydi. Videomagnitofonda dasturni toliq, qisman, u yer, bu yeridan korsataverish mumkin. Bir lentaning oziga bir necha marta qayta V.ni amalga oshirish mumkin. Hujjatli teledasturlar ni tayyorlashda V. tomoshabinda "ozi ham ishtirok etish" taassurotyni hosil qiladi. V. yordamida "zamon va makon" muammosi ijobiy hal etiladi, chunki u vaqt ham "tanlamaydi", joyni ham "pisand qilmaydi", yani V.ni hamma vaqg, hamma yerda qollash mumkin.