ⓘ Kimyoviy birikmalar ..

Alkinlar

Alkinlar - molekulasida uchlamchi bog bolgan atsetilen qatori toyinmagan uglevodorodlari, umumiy formulasi C n H 2n-2. Ularning birinchi vakili atsetilen CH≡CH dir. Atsetilendagi vodorod metil radikallar bilan almashtirilsa, molekulasida uchlamchi bog bolgan gomologik qator hosil boladi. Uning birinchi gomologi metilatsetilen CH 3 -C≡CH ; ikkinchisi etilatsetilen CH3-CH2-C≡CH va hokazo. Xalqaro nomenklatura boyicha atsetilen qatori uglevodorodlarni nomlashda ularga muvofiq keladigan alkanning -an qoshimchasi orniga -in qoshimchasi qoyiladi. Alkinlar tabiatda uchramaydi, ular asosan alkanla ...

Dimetilamin

Dimetilamin, 2NH - alifatik qatorning ikkilamchi amini. Qolansa hidli rangsiz gaz; sovitilganda rangsiz suyuqlikka aylanadi; suyuqlanish temperaturasi - 92.2°, qaynash temperaturasi 6.9°. Suvda va organik erituvchilarda eriydi, kislotalar bilan kristall tuzlar hosil qiladi, atsillanadi, alkillanadi va h. k. D. oqsil moddalar chiriganda hosil boladi; sanoatda metil spirt bilan ammiakdan, shuningdek, formaldegid bilan ammoniy xloriddan olinadi. Organik sintezda shifobaxsh dorilar, raketa yoqilgisi va h. k. tayyorlashda qollaniladi.

Dixloretan

Dixloretan, etilenxlorid, SN2S1 - SN2S1 - chuchmal hidli rangsiz suyuklik, undan xloroform hidi keladi. Mol. m. 98.97. Qaynash temperaturasi 83.5°, zichligi 1.253 g/sm3. Suvda eri-maydi, spirt va efirda eriydi. Suv bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. D. sanoatda xlor bilan etilendan olinadi. D. texnikada ekstraksiya jarayonlarida, gazmollarni tozalashda, erituvchi sifatida, lok-boyoq sanoatida, kopgina organik birikmalar sintezida, antidetonator aralashmalari tayyorlashda, fumigant sifatida, distillashda va b. maqsadlarda qollaniladi.

Geliotropin

Geliotropin, piperonal, C 8 H 6 O 3 - xushboy hidli, organik birikma, rangsiz kristallar. Mol. m. 150.13. Suyuqdanish temperaturasi 37°, qaynash temperaturasi 264°; Sovuq suvda oz, spirt, efir, benzol va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv bugi bilan oson haydaladi. Geliotrop va siren gullarida, vanil va bazi efir moylari tarkibida uchraydi. Sanoatda G. safrolni KON ishtirokida izomerlash, songra hosil bolgan izosafrolni xromli aralashma yoki ozon tasirida oksidlash usuli bilan olinadi. Oziqovqat sanoatida, atir-upa i. ch.da, shuningdek iroqi sovunni xushboy qilishda ishlatiladi.

Geraniol

Geraniol, S,0N18O - organik birikma, rangsiz yoki och-sariq rangli atir-gul hidli suyuqdik. Mol.m. 154.26. Suyuqlanish temperaturasi - 15°, qaynash temperaturasi 229-230°, zichligi 889 kg/m3. Suvda yomon eriydi, etanolda va propilenglikolda yaxshi eriydi. Geraniy, atirgul, sitronella va b. efir moylari tartibida a- va r\-shakllari aralashmasi holida boladi; murakkab efir korinishida yovvoyi sabzi mevasidan olinadigan efir moy i da ham mavjud. Olinish usullari: efir moylaridan ajratib olish: sitralni selektiv gidridlash; linaloolani vanadiy katalizatorlari ishtirokida izomerlash; mirsenni g ...

Gidroxinon

Gidroxinon, paradioksibenzol, C 6 H 4 2 - organik birikma, ikki atomli fenol, rangsiz kristall modda. Mol. m. 110.11. Suyuqlanish temperaturasi 173.8 - 174.8°, 169°, qaynash temperaturasi 285 - 287°. Zichligi 1.36 g/sm3, 1.325 g/sm3. Issiq suv, spirt, efirda yaxshi, benzolda yomon eriydi. G.ning suvdagi eritmasi havoda oksidlanadi va qongir tusga kiradi, ishqoriy muhitda oksidlanishi tezlashadi. Oksidlanganda xingidron va paraxinon hosil boladi. G. kuchli qaytaruvchi bolganligi sababli feling eritmasini sovuqda qaytara oladi. G.ni birinchi marta 1844 yil nemis kimyogari F. Vyoler xinondan ...

                                     

ⓘ Kimyoviy birikmalar

  • moddadir. Kimyoviy birikmalar kimyoviy bog lar orqali fazoda ushlab turiladigan o zgarmas nisbatdagi atomlardan iborat bo ladi. Kimyoviy birikmalar molekular
  • Atsiklik birikmalar - Alifatik birikmalar - Uglerod atomlari o zaro ochiq zanjir hosil qilib birikkan organiq birikmalar Atsiklik birikmalar tabiiy gaz
  • Tabiiy Kimyoviy unsur, asosan, noradioaktiv bo lib, turlituman oddiy kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan va murakkab kimyoviy birikmalar moddalarni
  • xemo... va sorbsiya kimyoviy sorbsiya - suyuklik va qattiq jiyemning atrof muhitdan moddalar yutishi. Bunda kimyoviy birikmalar hosil bo ladi. Torroq
  • bog hosil bo ladi. Odatda, oddiy kimyoviy birikmalarning o zaro birikishidan murakkabroq Koordinatsion birikmalar vujudga keladi. Mas, temir va kaliyning
  • Litiy organik birikmalar - tuzilishida uglerod - litiy bog i bo lgan birikmalar Alifatik Litiy organik birikmalar rangsiz kristall modda CH3Li va C2H5Li
  • Fosfororganik birikmalar - tarkibidagi fosfor atomi uglerod atomiga bevosita yoki geteroatom - kislorod, azot, oltingugurt orqali birikkan organik birikmalar sinfi
  • Yuqori molekulali birikmalar polimerlar - molekulalari o zaro kimyoviy bog lar bilan bog langan 100 ming va, hatto millionlab atomlardan tashkil topgan
  • intermetall birikmalar hosil qiladi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5, 6 valentli. Uran ning 6 va qisman 4 valentli birikmalari deyarli barkaror. Uran kimyoviy unsur
                                     

Alkillar

Alkillar – toyingan alifatik uglevodorodlarning bir valentli radikallari. Kopincha R harfi bilan belgilanadi, bazan Alk deb korsatiladi. Alkillar radikallari birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi boladi. Birlamchisiga metil CH 3 –, ikkilamchisiga izopropil 2 CH–, uchlamchisiga uchlamchi-butil 3 C– misol bola oladi.

                                     

Karbanion

Karbanion - tarkibida manfiy zaryadlangan 3 valentli uglerod atomi bor organik anion. Kimyoviy reaksiyalarga shiddatli ravishda kirishadi va shu sababdan juda beqaror. Organik moddalar ortasida roy beradigan talaygina reaksiyalarda oraliq mahsulotlar tarzida ham hosil boladi. Karbanion asosida fazalararo kataliz sharoitida otkaziladigan kimyoviy reaksiyalar muhim ahamiyatga ega.

                                     

Vinilatsetat

Vinilatsetat, CH 3 COOCH=CH 2 - sirka kislotaning vinil efiri; rangsiz suyuqlik. Molar massasi 86.09, qaynash harorati 73°, zichligi 934.2 kg/m 3. Oddiy organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda eruvchanligi 2.0 - 2.4 %. Sanoatda vinilatsetat palladiy tuzlari ishtirokida, kislorodli muhitda sirka kislotaga etilen tasir ettirib olinadi. Polimerlash yoli bilan vinilatsetatdan plastmassa, lok, yelim va organik shisha tayyorlashda ishlatiladigan polivinilatsetat olinadi.

                                     

Vinilatsetilen

Vinilatsetilen, butenin, CH 2 =CH-C≡CH - toyinmagan uglevodorod; otkir hidli zaharli gaz. Molar massasi 52.76, suyuqlanish harorati - 138°, qaynash harorati 5.5°. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Atsetilendan olinadi. Yelim tayyorlashda va sintetik kauchuk ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.