ⓘ Viruslar - faqatgina tirik hujayralarda kopayib, osimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qozgatuvchi mikroorganizmlar. Otmishda V. termini har xil kasallik q ..

                                     

ⓘ Viruslar

Viruslar - faqatgina tirik hujayralarda kopayib, osimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qozgatuvchi mikroorganizmlar. Otmishda "V." termini har xil kasallik qozgatuvchilarga, ayniqsa nomalum agentlarga nisbatan qollanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan song V. tushunchasi "mikrob" sozining sinonimi sifatida qollanila boshlandi. Kasallik qozgatuvchi bu ikki guruh agentlari, yani bakteriyalar bilan V. ortasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qozgatuvchilari bakterial suzgich dan otishini isbotlagach, aniqlandi.

V. tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va osimliklarda har xil ogir kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yol bilan tarqaladi. Kopchilik V. yillab tiriklik xususiyatini yoqotmaydi, qulay sharoitga tirik hujayraga tushib qolishi bilan kasallik qozgata boshlaydi. Ayrim V. mas., gripp V. tashqi muhitda oz xususiyatini yoqotadi. V. qozgatadigan kasallikning paydo bolishiga kopincha faqat bitta virus zarrasi sabab bolishi mumkin. Mas., bitta poliomiyelit virusi zarrasi molekulasidan bir necha soatda milliardlab V. vujudga keladi. V.ning kopayishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogliq. Millionlab V. molekulalari yigindisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida korinadi. Kasallik holatini qozgatish xususiyati, kasallik qozgovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi suniy ozuqali muhitda rivojlanmasligi V.ning oziga xos xususiyatidir. Faqat bazi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. sharoitida kopaytirish mumkinligi isbotlangan. Lab.da organish imkoniyati bolgan barcha V. har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq "olchangan". Ularning diametri 10 - 300 mkm. Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda boladi. Osimlik va hayvonlarda kasallik qozgatuvchi kopgina V. yumaloq shaklda. Bugdoy va beda mozaikasi V. tashqi korinishi bilan bakteriya tayoqchasi yoki oqqa oxshaydi. V. tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali bazi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan. Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat bolib, u oqsil qobiq bilan oralgan. Bir necha tur V.ning kimyoviy tarkibi organilgan, xolos. Vaksinalar V.ning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab. Uning tarkibida nukleoproteinlar, uglevodlar va lipoidlar bor. Nuklein kislotasi dezvksiriboza shaklida, lipoidlar guruhi esa xolesterol, fosfolipid va neytral moy korinishida uchraydi. Fitopatogen V. tarkibida ribonuklein kislota RNK, hayvon va odamlarda kasallik qozgatuvchi V.da esa RNK yoki DNK dezoksiribonuklein kislota bor. Bazi V. tozalangan preparatlar holida olinib, ularning bir qismi toza haqiqiy kristallar mas., tamaki nekrozining V., boshqalari esa suyuq kristallar mas., tamaki mozaikasi V. yoki shakleiz chokmalar hosil qiladi. V.ni ajratib olish va tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, turli xil fizikkimyoviy usullardan foydalaniladi.

V.ning tasnifi klassifikatsiyasi va ularni ifodalaydigan belgilar hali qabul qilinmagan. Ularga ham xuddi hayvonlar va osimliklarga beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq ifodalari, har xil qisqartmalardan foydalaniladi, kasallanuvchi organizmning turkum nomi bilan atalib, yoniga raqam qoyiladi yoki V. morfologik, kimyoviy xossalari va reproduktiv xususiyatlariga binoan urug va oilalarga birlashtiriladi. V. urugining lotincha nomiga virus sozi mas., Enterovirus, oilasi nomiga viridae sozi mas., Poxviridae qoshilib yoziladi.

V. organizmga har xil yollar bilan kiradi, mas., V. osimlik hujayralariga chetdan faqat ular shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp V. va b.da hujayra qobigini buzish xususiyatiga ega bolgan fermentlari bor. V. organizmga kirgach, infeksiyanint latent yoki yashirin davri boshlanadi. Kopgina V. hujayralarda toplanib, hujayra ichida oziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi qarang Virusli granullyoz. V. bilan zararlangan osimliklar, odatda, butun hayoti davomida infeksiya ochogi bolib qoladi. V. ekologik, biologikva b. omillar tasirida vujudga keladigan kuchli ozgaruvchanlikka ega. V. tabiatda keng tarqalgan bolib, ular juda kop xojayinga ega. Asosan, soruvchi hasharotlar, kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Bazi V. uruglar orqali tarqaladi va deyarli barcha V. kasal osimlik jinssiz kopaytirilganda avlodga otadi. V.ning patologik tasiri xilma-xil bolib, asosan, ularning kopayishidan xojayin organizmida yuz beradigan oqsil va nuklein almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi qarang Virusli kasalliklar. V.ni virusologiya fani organadi.

                                     

1. Adabiyotlar

  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • M etyuz R., Virusi rasteniy, per. s angl., M., 1973; Virusi i mikrobi v jizni rasteniy "Sb. st), Kishinev, 1981.

Abdukarim Zikiryoev.