ⓘ Vitaminlar,darmon dori - tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur bolgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzili ..

                                     

ⓘ Vitaminlar

Vitaminlar,darmon dori - tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur bolgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal bolishi togrisidagi malumotlar qad. Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. V.ni ilmiy nuqtai nazardan organish 18-asrda boshlagan. Ingliz vrachi J. Lind, fransuz fiziologi F. Majandi, rus vrachi N. I. Lunin, golland vrachi Eykman, ingliz olimi F. Xopkins lar V.ni organishga juda katta hissa qoshdilar. Organizmda V. sintez qilinmaydi, kishi ozi uchun zarur V.ni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda V. yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo bolmaganda avitaminoz paydo boladi. V.ning asosiy manbai osimliklardir. V. hosil bolishida mikroorganizmlar ham katta rol oynaydi. V.ning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi tasir etishdan iborat. V. organizmda sodir boladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni ozlashtirishiga tasir korsatadi, hujayralarning normal osishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taminlaydi. V. organizmda energiya almashinuvida, aminokislotalar va yog kislotalar biosintezida, fotoresepsiya jarayonida, qon ivishida va kalsiyning ozlashtirilishida ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay bolmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda V. yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay tasiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida V. kam bolishigina emas, balki ularning ichakda sorilishi, toqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boladi. Lekin bazi V.ning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq bolishi gipervitaminozga olib kelishi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning kimyoviy tuzilishi tola organilib, koplari sintez qilindi.

Dastlab V. shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, V, S, D, Ye, R va h.k. bilan belgilangan. Keyinchalik V.ning kimyoviy tuzilishiga binoan xalqaro standartlashtirishning yagona nomi qabul qilindi. V.suvda eriydigan, yogda eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi. Yogda eriydigan V.ga A, D,"1 Ye va K, suvda eriydiganlariga V kompleksi vitaminlari va S, RR kiradi. V.dan tashqari organizmda turli ozgarishlarga uchrab V.ga aylanadigan moddalar - provitaminlar ham bor. Provitaminlarga karotinlar A provitamin, D vitaminga aylanadigan bazi bir sterinlar ergosterin va b. kiradi. Odamning V.ga bolgan bir kunlik ehtiyoji organizmning umumiy holatiga, mehnat tarziga, sog yoki kasalligiga bogliq. Odam hayoti uchun V.dan ayniqsa A, V, V2, S, D, RR ning ahamiyati katta.

Quyida koproq qollaniladigan V. tavsifi keltirildi.

Retinol A vitamin tabiatda keng tarqalgan. Osimlik toqimalarida A provitamin organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar holida uchraydi. Korish pigmentlari hosil bolishida qatnashib, organizmning normal osishini, kozning turli darajadagi yoruglikka moslashishini taminlaydi. Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi, qipiqlanadi, muguzlanadi, unda mayda toshmalar paydo boladi, terining yiringli kasalliklari avj oladi, soch quruq, xira bolib, tokila boshlaydi, tirnoq mortlashib qoladi. Yoruqqa qaray olmaslik, shabkoryaik, konyunktivit, blefaritta asosan A vitamin yetishmasligi sabab boladi. A provitamin karotin osimliklarda, ayniqsa ularning yashil barglarida, A vitamin hayvon va baliq jigarida, baliq moyida kop.

Tiamin V, vitamin - kopgina oziqovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobigi kepagida boladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob bolsa, ularni ozlashtirish uchun tiamin koproq talab qilinadi. Tiamin bolmasa, polinevrit kasalligi roy beradi. Organizmda bu vitamin bolmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining ogir kasalligi - beri-beri paydo boladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar boshashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Riboflavin V2 vitamin - osish jarayonida qatnashadi va ostiruvchi omillarga kiradi. Oqsil, yog va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi, koz gavharidagi moddalar almashinuviga tasir etadi, yoruglikni sezish va rang ajratishga yordam beradi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat bilan kiradi, ovqatda riboflavin yetishmasa ogiz burchagi, lab yoriladi qarang Lab bichilishi, soch tokiladi, konyunktivit va blefarit kuzatiladi. V2 vitamin asosan hayvon mahsulotlari - tuxum, pishloq, sut, gosht hamda galla va dukkakli osimliklarda mol-kol.

Piridoksin V6 vitamin - kopgina osimlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bugdoy murtagi, jigar, baliq, mol goshti va dukkakli donda boladi. U oqsil va yogning normal hazm bolishini taminlab, azot almashinuvida muhim rol oynaydi. Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar osmay qoladi, meda-ichak ishi buziladi, kamqonlik roy beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yalliglanishi, qozgaluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari tasirida hosil boladi.

Nikotinamid, nikotin kislota RR vitamin hujayralarning nafas olishida, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda osimlik oqsillarining hazm bolishini tezlashtiradi, medaning sekret va harakat faoliyatini normallashtiradi, meda osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini yaxshilab, jigar ishini barqarorlashtiradi. Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra kasalligi roy beradi. Nikotin kislota uy parrandasi, mol goshti, jigari, buyragida, achitqi, guruch kepagi, bugdoy murtagida kop boladi.

Folat kislota V, vitamin bazi aminokislotalar almashinuvida va sintezida, shuningdek nuklein kislotalar sintezida qatnashadi, komikning qon yaratish funksiyasini kuchaytiradi, V12 vitamin-ning yaxshi ozlashtirilishiga yordam beradi. Folat kislota osimlik va hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, jigar, buyrak va yashil barglarda kop. Ichak mikroorganizmlari folat kislotani kop miqdorda sintezlaydi.

Siankobalamin min) - yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi. Organizmga ovqat bilan kiradi, u organizmda yetishmasa, kamqonlik paydo boladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa kop. Tibbiyotda, chorvachilik va parrandachilikda keng qollaniladi.

Pantotenat kislota V5 vitamin - osimlik va hayvon toqimalarida kop. Nerv sistemasi hamda buyrak usti va qalqonsimon bezlar faoliyatini normallashtiradi.

Askorbin kislota S vitamin - moddalar almashinuvida, biriktiruvchi toqimalarning ozlashtirilishida, bu toqimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Organizmda S vitamin yetishmasa, togay va suyak toqimalari tuzilishi buziladi, lavsha singa kasalligi roy beradi. Organizmda askorbin kislota hosil bolmaydi va toplanmaydi. S vitamin sabzavot va mevalarda boladi. Askorbin kislota turli polivitamin preparatlari tarkibiga kiradi.

Kalsiferol D vitamin moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil bolishiga tasir korsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal osishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur. Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo boladi. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi.

Tokoferol Ye vitamin, kopayish vitamini muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki azolarda yogda eriydigan barcha V., ayniqsa retinol toplanishiga yordam beradi. Osimliklarning yashil qismi hamda ulardan olinadigan moyda mas., kungaboqar moyida mol boladi.

Filloxinon K vitamin - qon ivishining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin yetishmaganda turli azolar dan qon ketishi kuzatiladi. Filloxinon salat, karam, ismaloq, qichitqi otning yashil qismida boladi. Yuqorida aytib otilgan V.dan tashqari, organizm uchun zarur bolgan boshqa biologik faol moddalar vitaminsimon birikmalar ham bor. Bularga bioflavonoidlar, xolin, inozit, lipoat, orot, pangamat, paraaminbenzoat kislotalari va b. moddalar kiradi.

Meva, sabzavot va b. masalliqlar uzok, saqlanganda va notogri pishirilganda V. kamayadi. V.dan eng beqarori askorbin kislota bolib, uni oftob, issiq va nam havo buzib qoyadi. Ovqat pishirganda V., ayniqsa askorbin kislota yaxshi saqlanishi uchun sabzavotni tez artib, yuvib. tograb, qaynab turgan suvga solish, qozon qopqogini yopib qoyish kerak. V. preparatlari dorixonalarda mavjud, ammo biologik tasiri kuchli bolgani uchun V.ni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish lozim.